Get Mystery Box with random crypto!

So'nggi 15 yil ichida O'zbekiston paxta bozorida ko'plab o'zga | IQTISODIYOT.UZ

So'nggi 15 yil ichida O'zbekiston paxta bozorida ko'plab o'zgarishlar yuz berdi: majburiy mehnatdan foydalanganligi sababli deyarli butun dunyo bizning trikotaj va xomashyodan voz kechdi. Xitoy va boshqa ishlab chiqaruvchi mamlakatlar savdo hajmini oshirishi oqibatida, O'zbekistonning mahalliy infratuzilmasi buzilib, ishlab chiqarishning kuchli tarmog'i rivojlanishiga imkon bermadi.

Sherzod Beknazarov 2006 yildan beri yuqori sifatli trikotaj buyumlarni sotish va ishlab chiqarish bilan shug'ullanib kelayotgan ishbilarmon va tadbirkor. Bugungi kunga kelib uning kompaniyasi 26 ta filialga ega.

2021 yil 12 fevral kuni 14:30da Toshkentdagi INHA universitetida Sherzod Beknazarovdan "Muvaffaqiyatga erishish sirlari" mavzusida master-klass bo'lib o'tadi va tadbirkor bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.
Suhbat davomida siz barcha savollaringizni berishingiz va to'qimachilik biznesining sirlarini bilib olishingiz mumkin.

Tadbirda qatnashish bepul va ro'yhatdan o'tishni talab etmaydi.