Get Mystery Box with random crypto!

Aqllar uch xildir: Yuqori qatlam Tahlil qilar fikr, gʻoyalarni | ABADIYLIK

Aqllar uch xildir: Yuqori qatlam
Tahlil qilar fikr, gʻoyalarni jim,
Oʻrtachasi voqe, hodisalarni...
Noqisi shaxslarga aylaydi hujum.

Oqillar yoʻlini ushlagin mahkam,
Bu sharaf maqomi, bu qutlugʻ holdir.
Oʻrtachalar topib olar bir-birin,
Pastlarni oʻzidan pastlarga qoldir!

Xayrulla Hamidov