Get Mystery Box with random crypto!

FikrLab - Prezident maktablariga tayyorgarlik

Telegram kanalining logotibi fikrlab — FikrLab - Prezident maktablariga tayyorgarlik F
Telegram kanalining logotibi fikrlab — FikrLab - Prezident maktablariga tayyorgarlik
Kanal manzili: @fikrlab
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.23K
Kanalning ta’rifi

Onlayn kursimiz: @mantiqiy_fikrlab
Roʻyhatdan oʻtish: @fikrlab_bot
Savollar va tijoriy hamkorlik: @fikrlab_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 25

2023-03-11 19:06:21
MATEMATIK MANTIQ 13-NAZORAT TESTI!

@FikrLab loyihasi 3-6 sinf o'quvchilari uchun Mantiqiy fikrlash bo'yicha 13-Respublika nazorat imtihonini e'lon qiladi!

Ertaga 12-mart kuni soat 11:00 dan soat 21:00 ga qadar oliygoh.uz platformasida Matematik mantiq bo'yicha onlayn test bo'lib o'tadi.

Natijalar ro'yxati sinflar kesimida elon qilinadi!

Faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!

Masalarning yechimi va videotahlili @fikrlab kanalida elon qilinadi.

Testda qatnashish uchun @fikrlab_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Omad!!!!!
3.2K views16:06
Ochish/sharhlash
2023-03-11 19:03:40
O'yin kubi (shesh-besh)ning qarama qarshi tomondagi nuqtalari yig'indisi 7 ga teng.

Kubni rasmda ko'rsatilgandek 1-katakka qo'yildi va o'ng tomonga dumalatildi. Kub oxirgi 6-kvadratga yetib borganida, so'roq belgisi turgan uchta tomondagi nuqtalar yig'indisi nechiga teng bo'ladi?

(A) 6 (B) 7 (C) 9 (D) 11 (E) 12

@fikrlab
3.1K views16:03
Ochish/sharhlash
2023-03-11 19:03:33 Rim raqamlari orqali berilgan masalani yeching: agar to’g’ri to’rtburchakning tomoni XVI ga teng bo’lib, yuzi DCVIII ga teng bo’lsa, uning ikkinchi tomonini toping

A) CXXVIII
B) XXXVIII
C) IVVIII
D) XLVIII
E) XLVI

@fikrlab
2.9K views16:03
Ochish/sharhlash
2023-03-11 19:00:59
Ingliz tilidan 3-nazorat testi yakunlandi!

Bu imtihonda 6778 nafar o'quvchi ishtirok etdi va o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Ulardan 6 ta va undan ko'p savollarga javob bergan 2617 nafar o'quvchilar sertifikatlarga ega bo'lishdi.

Natijalar ro'yxati: https://oliygoh.uz/test/3-6-sinf-oquvchilari-uchun-ingliz-tilidan-3-nazorat-testi?results=1

Rasmda birinchilardan bo'lib 100% lik natija ko'rsatgan 10 nafar ishtirokchi ko'rsatilgan. Ular kun qahramonlaridir! Tabriklaymiz, bilimingiz bundanda ziyoda bo'lsin.

Sertifikatni qanday yuklab olish haqida: https://t.me/fikrlab/156

Barcha ishtirokchilar sertifikatlari yaqin orada @fikrlab_bot orqali egalariga yetkaziladi. Ishtirokingiz uchun rahmat!
3.1K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-03-10 21:28:47
Ingliz tilidan ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlanuvchilar uchun 3-nazorat testi

@FikrLab loyihasi 3-6 sinf o'quvchilari uchun Ingliz tilidan 3-nazorat imtihonini e'lon qiladi!

11-mart shanba kuni soat 11:00 dan soat 21:00 ga qadar oliygoh.uz platformasida Ingliz tili fanidan onlayn test bo'lib o'tadi.

Test savollari 3-4 sinf uchun alohida 5-6 sinflar uchun alohida tuzilgan.

Faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!

Testda qatnashish uchun @fikrlab_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
3.0K views18:28
Ochish/sharhlash
2023-03-10 09:23:27 Bog'bon bozorga bir savat olma olib keldi. U 1-xaridorga jami olmalarining yarmini va yana 1 dona olma, 2-xaridorga qolgan olmalarining yarmini va yana 1 dona olma sotdi.

Shundan so’ng uning savatida 14 dona olma qoldi. Bog'bon bozorga jami nechta olma olib kelgan?

@fikrlab
6.0K views06:23
Ochish/sharhlash
2023-03-10 07:30:29
3 ta uchburchak hosil qilish uchun qaysi 4 ta cho'pni olib tashlash kerak?

@fikrlab
1.2K views04:30
Ochish/sharhlash
2023-03-09 18:08:34
Berilgan kubni qaysi qirqmadan yig'ish mumkin?

@fikrlab
4.9K views15:08
Ochish/sharhlash
2023-03-09 07:44:52 Buvisi 104 yoshda, nevarasi esa 28 yoshda, necha yil avval nevarasining yoshi buvisi yoshidan 5 marta kichik bo‘lgan?

@fikrlab
3.8K views04:44
Ochish/sharhlash
2023-03-08 21:07:11
Sovrindor bilimdonlarimiz bilan tanishing!

Shartlarimiziga ko'ra 1-o'rin sohibi va qo'shimcha 8 ga karrali 8 ta o'rin sohiblari 50,000 so'm miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. G'oliblarga mukofotlari topshiriladi va shu postga izoh sifatida screnshotlar beriladi.

Barcha ishtirokchilar va g'oliblarni tabriklab qolamiz!

P.S. Iltimos, agarda g'olib sifatida maktabning 3-4-5-6-sinfiga mansub bo'lmasangiz bizga xabar bering, yutuqni 2-3-4... o'rindagi ishtirokchiga o'tkizamiz. Pul mukofotlari faqatgina shu sinflar uchun mo'ljallangan. Rahmat.

P.P.S. Qaysidir sovrindorga aloqaga chiqa olmagan bo'lsak @fikrlab_aloqa_bot ga yozing.
5.4K viewsedited  18:07
Ochish/sharhlash