Get Mystery Box with random crypto!

FikrLab - Prezident maktablariga tayyorgarlik

Telegram kanalining logotibi fikrlab — FikrLab - Prezident maktablariga tayyorgarlik F
Telegram kanalining logotibi fikrlab — FikrLab - Prezident maktablariga tayyorgarlik
Kanal manzili: @fikrlab
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.23K
Kanalning ta’rifi

Onlayn kursimiz: @mantiqiy_fikrlab
Roʻyhatdan oʻtish: @fikrlab_bot
Savollar va tijoriy hamkorlik: @fikrlab_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-04-09 19:26:00
Mantiqiy fikrlash bo'yicha 19-nazorat testi yakunlandi!

Bu imtihonda 7887 nafar o'quvchi ishtirok etdi va o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Ulardan 10 ta va undan ko'p savollarga javob bergan 1800 nafar o'quvchilar sertifikatlarga ega bo'lishdi.

Natijalar ro'yxati: https://oliygoh.uz/test/prezident-va-ixtisoslashtirilgan-maktab-imtihonlari-uchun-nazorat-testi-3-6-sinf-19?results=1

Rasmda birinchilardan bo'lib 100% lik natija ko'rsatgan 10 nafar ishtirokchi ko'rsatilgan. Ular kun qahramonlaridir! Tabriklaymiz, bilimingiz bundanda ziyoda bo'lsin.

Sertifikatni qanday yuklab olish haqida: https://t.me/fikrlab/156

Barcha ishtirokchilar sertifikatlari yaqin orada @fikrlab_bot orqali egalariga yetkaziladi. Ishtirokingiz uchun rahmat!
10.5K viewsedited  16:26
Ochish/sharhlash
2023-04-09 10:25:47 "Sertifikatlarni nima foydasi bor" degan savollar ko'p qaytarilmoqda.

Bu savolga javoblarimiz:

Sertifikatlarni hech qanday foydasi yo'q, bu shunchki o'quvchilarga motivatsiya berish, haqiqatdan bizning testlarda qatnashib biror o'rin egallaganligini tasdqilash.

Asosiy foyda nimada? O'quvchilar Matematik mantiq va ingliz tili bo'yicha o'z bilimlarini oshirishmoqda va mustaxkamlashmoqda. Jamoamiz nomiga juda ko'plab tashakkurnomalar kelmoqda, ota-ona va ustozlar, o'quvchilar minnatdor bo'lishmoqda.

Tez orada fikrlab web platformasi ishlab chiqiladi. Bu yerda nafaqat testlar ishlash balki onlayn darslar orqali yangi bilimlarni o'rganishi, turli interaktiv topshiriqlarni bajargan holda o'quvchilarimiz mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini oshirishi mumkin.

Bundan tashqari hozirgi haftalik testlarimizda ishtirok etgan o'quvchilar reytingi shakillantirib boriladi. Siz o'z nomingizni davriy reytingimizga kirtasiz, yutuqlaringizni ommaga ko'rsatib berasiz.

Barchaga omad, fikrlashdan va bilim olishdan to'xtamang!
12.3K viewsedited  07:25
Ochish/sharhlash
2023-04-09 07:04:21
MATEMATIK MANTIQ 19-NAZORAT TESTI!

@FikrLab loyihasi 3-6 sinf o'quvchilari uchun Mantiqiy fikrlash bo'yicha 19-Respublika nazorat imtihonini e'lon qiladi!

Bugun 9-aprel kuni soat 11:00 dan soat 21:00 ga qadar oliygoh.uz platformasida Matematik mantiq bo'yicha onlayn test bo'lib o'tadi.

Natijalar ro'yxati sinflar kesimida elon qilinadi!

10 ta va undan ko'p masala ishlagan (yani minimal 50% natija ko'rsatgan) ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!

Masalarning yechimi va videotahlili @fikrlab kanalida elon qilinadi.

Testda qatnashish uchun @fikrlab_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Omad!!!!!
13.8K views04:04
Ochish/sharhlash
2023-04-08 19:03:24
Ingliz tilidan 8-nazorat testi yakunlandi!

Bu imtihonda 7867 nafar o'quvchi ishtirok etdi va o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Ulardan 10 ta va undan ko'p savollarga javob bergan 1664 nafar o'quvchilar sertifikatlarga ega bo'lishdi.

Natijalar ro'yxati: https://oliygoh.uz/test/3-11-sinf-oquvchilari-uchun-ingliz-tilidan-8-nazorat-testi?results=1

Rasmda birinchilardan bo'lib 100% lik natija ko'rsatgan 10 nafar ishtirokchi ko'rsatilgan. Ular kun qahramonlaridir! Tabriklaymiz, bilimingiz bundanda ziyoda bo'lsin.

Sertifikatni qanday yuklab olish haqida: https://t.me/fikrlab/156

Barcha ishtirokchilar sertifikatlari yaqin orada @fikrlab_bot orqali egalariga yetkaziladi. Ishtirokingiz uchun rahmat!
13.0K views16:03
Ochish/sharhlash
2023-04-08 06:52:40
Ingliz tili repetitsion testi #8

Bugun 8-aprel soat 11:00 dan 21:00 ga qadar
oliygoh.uz platformasida 3-6-sinf o'quvchilari uchun Ingliz tilidan 8-onlayn nazorat testi bo'lib o'tadi.

Test savollari barcha sinflar uchun alohida tuzilgan.

50% va undan yuqori natijali ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!

Testda qatnashish uchun @fikrlab_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
14.3K views03:52
Ochish/sharhlash
2023-04-07 18:29:24
Bitta mandarinda yoki 7 ta yoki 8 ta danagi bor.

Humoyunning mandarinlaridan 38 ta danak chiqdi.

Shaxrombekning mandarinlaridan esa 36 ta danak chiqdi.

Shaxrombek va Humoyun birgalikda 7 ta danakli mandarinlardan nechtasini yeyishgan?

@fikrlab
4.6K views15:29
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:59:38
8-9-APREL Shanba va Yakshanba kuni Respublika bo'yicha Prezident maktablariga tayyorgarlik uchun ONLAYN va OFLAYN olimpiadalar o'tkazilmoqda.

Savollar: O‘zbek tilida
Matematika (10 ta savol, 3,1 balldan)
Ingliz tili (10 ta savol, 1,2 balldan)
IQ test (5 ta savol, 4.2 balldan)
Tanqidiy fikrlash (5 ta savol, 3.6 balldan)
Muammoni hal qilish ( 5 ta savol, 3.6 balldan)
Jami: 100 ball

Olimpiadada onlayn qatnashish: 10 ming so'm.

Olimpiada quyida viloyatlarda bo'lib o'tadi.

1.
Toshkent shahar

2. Toshkent viloyati

3. Qashqadaryo viloyati

4. Samarqand viloyati

5. Buxoro viloyati

6. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Ellikqal'a tumani

7. Jizzax viloyati

8. Surxondaryo viloyati

9. Andijon viloyati

10. Farg'ona viloyati

Boshqa hududlardagi yoki oflayn qatnasha olmaydigan o'quvchilar onlayn qatnashishlari ham mumkin:

Ro'yxatdan o'tish uchun @Math0812 ga muroojat qiling. ( Onlayn qatnashish narxi 10 ming so'm)
908210812

Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Har bir masala yechimi ham o'rgatiladi.

Prezident maktablari va Olimpiadalarga tayyorgarlik kanaliga o'tish uchun:
@olympiad_edu @piimaolympiad_edu
6.8K views12:59
Ochish/sharhlash
2023-04-07 13:21:31
Katta va kichik kolbalar bor, ularning umumiy soni 11 ta.

Istalgan 7 ta kolbani tanlab olsak ichida kamida bittasi kichik kolba bo'ladi.

Kichik kolbalar soni katta kolbalar sonidan kam.

Katta kolbalar sonini aniqlang.

@fikrlab
7.5K viewsedited  10:21
Ochish/sharhlash
2023-04-07 10:13:43 ​​#iqtibos

Cho'qqida turgan odam u yerga osmondan tushib qolmagan!

Konfutsiy

@fikrlab
8.5K views07:13
Ochish/sharhlash
2023-04-06 19:20:34
Chelaklarga yozilgan sonlar qonuniyatini aniqlab, so'roq o'rnida turgan sonni toping.

@fikrlab
10.6K views16:20
Ochish/sharhlash