Get Mystery Box with random crypto!

Xiaomi global o'sishi uchta analitik kompaniya hisobotlari bil | THE FICHA.UZ

Xiaomi global o'sishi uchta analitik kompaniya hisobotlari bilan tasdiqlangan

Canalys hisobotida Xiaomi 2021-yilning ikkinchi choragida global smartfon bozorida ikkinchi o'rinni egallaganligi haqida xabar berilganidan keyin, IDC, Strategy Analytics va Counterpoint ham o'zlarining ma'ruzalari bilan o'rtoqlashdi. Uch manbaning barchasi Xiaomi'ning sezilarli o'sishini va kompaniyaning jahon bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlanishini tasdiqladi.

IDC ma'lumotlariga ko'ra, hisobot davrida Xiaomi smartfonlarini jahon bozoriga chiarilgan hajmi 2020-yiliga nisbatan 86,6%ga oshib, 16,9% bozor ulushi bilan ta'minladi.

Strategy Analytics ma'lumotlariga ko'ra, Xiaomi smartfonlarining bozor ulushi 16,8%, yillik o'sish esa 85,3%ni tashkil qilgan. Shu bilan birga, Counterpoint kompaniyasi Xiaomi ikkinchi chorakda 53 million smartfonni jahon bozoriga qo'yib, global reytingda ikkinchi o'rinni egallaganini taxmin qilmoqda.