Get Mystery Box with random crypto!

Muhtojmiz... Yuragi pokiza insonlarga, Ko‘zlaridan muruvvat ba | Fi Qalbun

Muhtojmiz...
Yuragi pokiza insonlarga,
Ko‘zlaridan muruvvat balqiganlarga,
Vijdoni "adolat" deya hayqirganlarga,
Amallari ila yaxshilik yoyganlarga,
Ko‘ngildan suhbatlashadiganlarga,
Kitob kabi dillashadiganlarga,
Sukuti bilan o‘rnak bo‘ladiganlarga,
"Insonman va insoniylik uchun tirikman" deydiganlarga,
"Va hech qanday manfaatlarsiz,
Sevgi va ishonchdan bino bo‘ladigan ma’naviy birlikka men ham zorman" - deydiganlarga,
MUHTOJMIZ!

@fi_qalbun