Get Mystery Box with random crypto!

Bodrezak (kalina) - shilvidoshlar oilasiga mansub bo'lib, dara | Fermerlar Maktabi

Bodrezak (kalina) - shilvidoshlar oilasiga mansub bo'lib, daraxt yoki buta shaklida o'sadi.

Uning 160 dan ortiq turlari mavjud. Asosan shimoliy yarim sharda tarqalgan. Mevasidan murabbo, kompot, jem, kisel pishiriladi, piroglarga solinadigan masalliq, mors va boshqa ichimliklar tayyorlanadi. Mevasidan olingan shiradan ovqatga ishlatiladigan mahsulotlarni bo`yash uchun foydalaniladi. Ayrim turlarining poʻstlogʻi va mevalari tibbiyot va xalq tabobatida qoʻllaniladi.

O'zbekistonga 2019-yili ushbu mevani Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimi Ravshan Abdullayev olib kelgan.

Hozir kunda olimlar ushbu mevani institutning tajriba maydonlariga ekib, oʻrganish olib bormoqdalar. Bodrezakning “Shukshinskaya" va" Tayojniy rubin” navlari, shuningdek seleksiya yoʻli bilan yaratilgan 4 duragaylari ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda.