Get Mystery Box with random crypto!

​​#fenomen Fitnakor kimsalar fitnasin qoʻya Qay mahal sajda | ©𝘍𝘦𝘯𝘰𝘮𝘦𝘯...

​​#fenomen

Fitnakor kimsalar fitnasin qoʻya
Qay mahal sajdaga boshin qoʻyishgan?
Qurbon hayitini bayramim deya
Yahudiylar qachon qoʻchqor soʻyishgan?

Laylat-ul Qadrda kirishib jiddiy
Tonggacha namozda boʻlgancha qoim
Ramazon keldi deb bironta buddiy
Koʻrmaganman aslo boʻlganin soyim

Guvuh boʻlmaganman nasroniy zotin
Me'roj kechasini kutganligiga
Yo Zulhijja oyi kelgan zahoti
Sahobalar yoʻlin tutganligiga

Mening ham tanqidga qoʻygim kelar chek
Qiynagim kelmasdan mushfiq jonlarni
Umrim davomida koʻp uchratdim lek
Yangi yilni kutgan Musulmonlarni

Tajjubdadurman, hayronman gʻoyat
Menga tushintiring ey ahli fozil
Qurʼonda boʻlganmi biron-bir oyat
Qorbobo va qorqiz haqida nozil

Men nima ham derdim, obitgina qul
Kecha tugʻilganu, erta koʻz yumar
Yangi yil kutmagan hech qachon Rasul
Archa bezatmagan hech qachon Umar...

(Muallif nomalum)

@Fenomen_on