Get Mystery Box with random crypto!

Ilk tanishgan kunimiz kechagidek esimda. Zotan ko‘p vaqt ham o | Yabancı

Ilk tanishgan kunimiz kechagidek esimda. Zotan ko‘p vaqt ham o‘tmadi. Kulgili, ha? Ilk tanishgan kunimizdan beri ko‘p o‘tmadi, lekin huddi yillar o‘tgandek his qilyapman. Chunki o‘sha paytdagi sen va hozirgi senning orasiga yillar kirgandek.

Shunchalik o‘zgardingki, o‘sha ilk tanishgan paytlarimiz menga juda uzoqdan ko‘rinyapti. Insonlarning qisqa vaqt ichida juda ham o‘zgarib ketolishini isbotlading menga. Lekin, qaniydi shu o‘zgarish yaxshi tomonga bo‘lsa edi. Bunday tomondan o‘zgarishni sendan hech qachon kutmagandim. Garchi menga qilgan hech bir ishingni kutmagandim.

Shunchalik katta umidsizlikka yetakladingki, shunchalik ko‘p yuragimni chil-chil qildingki, buni na men ta'riflab berolaman va na sen tushunolasan.

Sen qaytib kimsaga ko‘r ko‘rona ishonolmasligim sababisan. Sen qaytib kimsani shartsiz qoidasiz sevolmasligimning sababisan. Qaniydi, hech qachon tanishmasaydik deyman-u ba'zida, lekin keyin sen bilan o‘tkazgan go‘zal lahzalarimni o‘ylab, bunday fikrga borganim uchun o‘zimdan jahlim chiqadi.

Har qancha ohiri yomon tugagan esada, sen bilan o‘tkazgan har bir lahzam men uchun ahamiyatli edi. Menga bergan butun mehring uchun minnatdorman. Qilgan yomonliklaringa jahlda emas, hafaman. Afsusdaman.

Har narsaga qaramay senga bo‘lgan sevgim hamon boqiy. Seni hali ham sevaman. Ichimdagi hislarni o‘ldirolmayapman, bo‘lmayapti. Ko‘p urindim, lekin foydasiz. Hatto, seni juda sog‘indim. Ovozing, hiding, chiroyli yuzing, uyalganda qisadigan ko‘zlaring, hayajonlanganda joyida turolmaydigan hayollaring, jiddiy bo‘lganingda jiddiy ko‘rinolmaydigan holingni, menga ba'zan aka, ba'zan dada, ba'zida esa eng yaqin do‘st bo‘lgan vaqtlaring, meni o‘ylab qilgan ishlaring, hamma narsangni sog‘indim.

Buni aytmasdan o‘tolmayman, agar qaytsang seni kechiraman. Ha, shunaqa axmoqman, lekin nima qilay, ko‘nglimga buyruq berolmayapmanda. Ichimdagi mitta umid...

@feelsarchive