Get Mystery Box with random crypto!

Til o‘rganish bo‘yicha eng ko‘p so‘raladigan 3 savol • Britan | Yabancı

Til o‘rganish bo‘yicha eng ko‘p so‘raladigan 3 savol

• Britan aksentmi yoki Amerikancha?

Dunyo amerikan inglizchasida gaplashadi. Har yili dunyoning turli yerlaridan yuzlab insonlar bilan gaplashaman. 95 foizidan ko‘pi amerikan inglizchasida gaplashadi. Faqatgina Angliyada uzoq vaqt yashagan yoki alohida qiziqishi bo‘lganlargina britancha inglizchada gaplashadi.

Hatto britanlar ham Gollivud va medya tufayli amerikan inglizchasidan ta'sirlanadi. Amerikancha ifodalarni ishlatadi.

• Bir paytda ikkita tilni o‘rgansa bo‘ladimi?

Til o‘rganish jiddiy aqliy eyforiyani talab qiladi. Shu sababli ayni paytda 2-3 tilni o‘rganish to‘g‘ri qaror emas. Polyglotlarning ko‘pi tillarni ayni paytda emas, asosan navbati bilan o‘rganadi.

Ayni paytda kamida qisqa jumlalar bilan bo‘lsada gaplasha oladigan darajaga yetgach (B1) keyin boshqa tilga o‘tish yanada samarali o‘rganishni ta'minlaydi.

• Grammatikasiz tilni o‘rgansa bo‘ladimi?

Batafsil grammatik ma'lumot, nazariya va kompleks qoidalarni ongli ravishda o‘rganmasdan til o‘rganish mumkin. Lekin grammatikani umuman bilmaslik o‘rganish jarayonini sekinlashtiradi. Nimani qaysi maqsadda ishlatilishi kabi bazaviy grammatikani asta sekin va yuzaki bo‘lsada o‘rganish jarayonni tezlatadi. Umuman olganda tilga sarflaydigan vaqtingizni 10-15%ini grammatikaga ajratish yetarli.

Babilanka instagram sahifasidan olindi.

@crazy_turkish