Get Mystery Box with random crypto!

@Marjona_Eshqulova profilidan kelgan rasmga she'r! Yurak yig' | My feelings 🤍🕊

@Marjona_Eshqulova profilidan kelgan rasmga she'r!

Yurak yig'lar..
Kular ko'zlarim..
Qaysi biri haqiqiy holat..?
Soxta odamlarga yuzlanib..
Yashayapman shu bir mahorat..

Sevib ko'rdim..
Ayrilib ko'rdim..
Yashab ko'rdim tarki dunyoda..
Qanday javob beraman ko'nglim..?
Qanday bo'lar nargi dunyoda..?

Kulganlarning ichi yig'larkan..
Yig'laganning kularkan ichi..
Anglab yetdim shuni haqiqat..
Bo'lmas ekan tavbaning kechi..

Kulganlarim uchun ha endi..
Yig'lab javob bermoqligim shart..
Qiziqaman va bilgim keldi..
Menga kimlar bo'larkan hamdard..?

Faxriyor Baxtiyorov

@faxriyor_ijod