Get Mystery Box with random crypto!

​​Telegram kanali borlarga va yangi ochmoqchi bo‘lganlar uchun | FEATURE.UZ

​​Telegram kanali borlarga va yangi ochmoqchi bo‘lganlar uchun, e’tibor berishi kerak bo‘lgan narsalar.

TOP 5 bepul maslahat:

1. O‘zingiz bilgan, tushungan mavzuda kanal oching, agar, “men qilolmayman, tushunmayman” desangiz, tushunadigan odamlar bilan kelishilgan mablag‘ evaziga ishlang.

2. Kanal nomini, logotipni va mavzuni to‘g‘ri tanlay oling — bu muhim. Logotipni ustalariga qildiring, 50 minga professionallar logotip yasamaydi)

3. Matnlarni yozishga e’tibor qarating, ishlov bering, xatosiz yozing. Matn dizayni ham katta ahamiyatga ega. Biror bir ma’lumotni odamlarga “mana ol, o‘zing o‘qib tushunib olasan” desangiz, adashasiz. Ular chiroyli, tartibli matnlarni o‘qishni yoqtirishadi.

4. Post saviyasiga e’tibor bering — u to‘g‘ri, foydali va sodda mazmunda tushuntirilgan bo‘lsin.

5. Pulga balo har qanday reklamani olavermang, reklama matni ham, o‘zi ham saviyali bo‘lsin, u obunachilarni zeriktirishi mumkin. Kanalingiz umrini o‘ylang, 4 kunda keyin «o‘lmasin».

Qo‘shimcha bonus maslahat: Obunachilardan kelgan savollarga javob berishni unutmang, har qanday obunachi e’tibor markazida bo‘lishni istaydi.

#maslahat — @ramzbek