Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami a | FC NASAF

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda uzoq yillar matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasida xizmat qilgan faxriy jurnalist, “Nasaf” futbol klubi suxandoni Husan Temirovga “Oʻzbekiston Respublikasi sport faxriysi” esdalik medali va guvohnoma topshirildi. Medal va esdalik sovgʻalarni Oʻzbekiston Respublikasi sport faxriylari kengashining raisi Bahodir Maqsudov topshirdi.