Get Mystery Box with random crypto!

ONA YURING HAJGA BORAMIZ! Mehr qo‘yib yolg‘on dunyoga, Qach | FAYZULLO BAHODIROVICH

ONA YURING HAJGA BORAMIZ!

Mehr qo‘yib yolg‘on dunyoga,
Qachongacha davron suramiz?
Sajda qilib Qodir Xudoga,
Ona yuring HAJGA boramiz!

Zimmangizda ro‘zg‘or tashvishi,
Shu tashvishni baham ko‘ramiz,
Tugamaydi bu dunyo ishi,
Ona yuring HAJGA boramiz.

Gar Ka’bani qilmasak tavof,
Mahshar kuni yuzi qoramiz,
Bu dunyoda eng katta savob,
Ona yuring HAJGA boramiz!

Bir kun o‘lim xaqdir ey inson,
Qutulmoqqa yo‘qdir choramiz,
Bormoq kerak xar bir musulmon,
Ona yuring HAJGA boramiz!

Qalbimizda iymon o‘lmasin,
Holimizga shayton kulmasin,
Ko‘nglimizga armon bo‘lmasin,
Ona yuring HAJGA boramiz.

Asrab sizni jondan ziyoda,
Boshga qo‘yib boray piyoda,
Armonim shu meni Dunyoda,
Ota yuring HAJGA boramiz,
Ona yuring HAJGA boramiz.


Doʻstlaringizga ham ulashing
Telegram I Instagram