Get Mystery Box with random crypto!

​​Orzu va Maqsad Biz insonlar orzu va xayollar ichida y | FAYZULLO BAHODIROVICH

​​Orzu va Maqsad

Biz insonlar orzu va xayollar ichida yashaymiz. Yosh va qari, ayol va erkak, boy va nochor, xullas barcha inson borki orzu qiladi. Orzu va xayolni esa shirin bir yegulikka o‘xshatish mumkin. Chunki u insonga zavq bag‘ishlaydi va qaysidir maʼnoda kayfiyatini chog‘ qiladi. Ammo shu orzularni maqsadga ko‘chirish esa, baʼzi insonlarga achchiq bir qalampirni yeyish bilan barobardir.

Orzularni katta-kichikligiga qarab shirinlik darajasini oshirib borish mumkin. Shuningdek ularni maqsadga ko‘chirish ham, katta-kichikligiga qarab achchiqlik darajasini ortirib boradi.

Hayotda kimdandir orzularini so‘rasangiz, bir yo‘la sanashni boshlaydi va hatto siz avval aytganlarini yoddan chiqarasiz. Aksincha, maqsadlari haqida so‘rar ekansiz u inson uzog‘i bilan 2 yoki 3 ta maqsadi haqida so‘zlaydi. Demak u inson shirin xayollari ichida qolib ketgan va maqsadlarni achchiq taʼmga ega deb biladi.

Qalampirni yeyish kimgadir oson kimgadir esa qiyin kechgani kabi, maqsadlarga erishish ham kimgadir oson va kimgadir esa qiyin kechadi.
-Achchiq qalampirni qanday qilib yeb tugatish mumkin deysizmi?

Albatta sekin-asta va oz-ozdan yeb. Demak eng shirin orzuni eng achchiq maqsadga aylantirish uni sekin asta amalga oshirish deganidir. Oldingizdagi qalampirdan hech qachon qo‘rmang va uni ikkilanmay tanovul qiling.

P.S.
Achchiq qalampirdan qo‘rqmang. 20-30 yil shirin orzu va o‘y-xayollar ichida yashagandan ko‘ra, qalampirni 5-10 yilda bo‘lsada yeb tugatib, maqsadga erishgan afzal.

Telegram I Instagram