Get Mystery Box with random crypto!

Muhtaram Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan Oʻzbekiston | Fayzullayev Ikromjon | official 📚💼

Muhtaram Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladim. Bu menga bildirilgan ulkan ishonch va katta masʼuliyatdir.

Bugun jahon hamjamiyati Yangi Oʻzbekistonning oʻzaro ishonch, yaxshi qoʻshnichilik, hamkorlik va ochiqlik tamoyillari asosida izchil amalga oshirilayotgan tashqi siyosatini munosib eʼtirof etmoqda.

Bu fikrlar shu kunlarda xorijiy hamkorlarimiz bilan oʻtkazayotgan uchrashuv va muloqotlarimizda ham alohida taʼkidlanayotgani quvonarlidir.

Faoliyatimiz davomida davlatimiz Rahbarining koʻrsatmalari doirasida milliy manfaatlarimizni xalqaro maydonda ilgari surish, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, xorijdagi fuqarolarimiz va vatandoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, xorijiy sheriklar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar va boshqa yoʻnalishlardagi hamkorlikni izchil rivojlantirish boʻyicha aniq va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Prezidentimizning topshiriqlaridan kelib chiqqan holda dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan Oʻzbekiston rivojiga hissa qoʻshadigan malakali kadrlarni tayyorlash va mamlakatimiz taʼlim tizimiga ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq etish boʻyicha muloqotlarimizni yanada jadallashtiramiz.

Barcha yoʻnalishlardagi faoliyatimizni xalqimiz farovonligi, davlatimiz taraqqiyoti yoʻlidagi chora-tadbirlarga qaratamiz. Ishonchim komilki, mazkur yoʻnalishlarda amalga oshiradigan saʼy-harakatlarimiz keng jamoatchilik, chet ellik hamkorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.