Get Mystery Box with random crypto!

Hero mode Ko’pincha bizni yaqin bilib do’stlarimiz, tanishlar | Fayzullaxon | Life

Hero mode

Ko’pincha bizni yaqin bilib do’stlarimiz, tanishlarimiz va balki shogirdlarimiz maslahat so’rab kelishadi.

Odatiy holda ular uchun o’ta murakkab, jiddiy va qiyin hayotiy savollar bilan murojaat qilib yechim so’rashadi.

Biz esa bu holda “hero” ( qahramon ) rejimini yoqib olamiz. Bor ma’suliyatni o’z qo’limizga olib ularga bir emas bir nechta ANIQ yechimlarni taqdim qilamiz….

Qiziq. Bizdan shunchaki maslahat so’rashgan edi. Biz esa ulardan bor ma’suliyatni sug’urib olib ularning o’rniga qaror qabul qildik.

Shoshilmang. Hech qachon sizdan maslahat so’ralgan pallada, qaror qilish ma’suliyatini so’rovchidan tortib olmang. Qarorni har bir inson o’zi qabul qiladi. Siz hech qachon kimningdir holatini aniq tushunib uning o’rniga har tomonlama o’ylangan qaror qabul qila olmaysiz.

Oddiy misol qilib, ota-onangiz sizning qaysi universitetga topshirishingizni, yoki qaysi kasbni tanlashingizni hal qilib berishganini eslasangiz kifoya qilsa kerak.

Siz ham farzandingiz o’rniga qaror qabul qilishni emas, ma’suliyatni uning bo’yniga ilgan holda maslahat berishni tavsiya etaman.

«Как мы принимаем решение», Роберт Диленшнайдер kitobini o’qiyotgan edim