Get Mystery Box with random crypto!

Sabzili tort. Kerakli masalliqlar: • 4 ta tuhum • 150 gr s | FAYZLI OSHXONA ️ ️

Sabzili tort.

Kerakli masalliqlar:
• 4 ta tuhum
• 150 gr shakar
• 100 ml o'simlik yog'i
• 1 choy qoshiq razrexritel
• 200 gr un
• 400 gr sabzi
• 150 gr yong'oq
• 100 gr shakar upasi
• 400 gr tvarojniy sir (pinar)

Tayyorlanishi

Birinchi bo'lib tuhumni shakar bilan mikserda ko'pirtirib olamiz.

So'ng o'simlik yog'i solib yana aralshtirib olamiz.

Aralashgan massaga un va razrexritel solib silikin lapatka yordamida aralashtirib olamiz.

So'ngra qirg'ichdan chiqgan sabzi bilan maydalangan yong'oqni solib aralshtirib olamiz.

Massamizani qolipni tegiga falga yopib, shu qolibga quyib 180 gradusda 30-35 minutda pishirib olamiz

Kremi uchun:
Tvarojniy sirni shakar upasi bilan mikserda ko'pirtirib olamiz
Pishib olgan biskvitni teng ikkiga bo'lib olamiz
Orasiga krem surtib olamiz va ustini ha krem bilan to'yintirib olamiz

Krem surtib olingach atrofiga hoxishga ko'ra krojkasidan sepib chiqamiz va dekor qilib muzlatgichda 1-2 soat davomida tindirib olamiz

Sabzili tort tayyor bo'ldi.