2022-06-28 13:21:29
Faqat va faqat boshlang'ich sinf o'qituv chilari
1.Bir-biriga umuman o'xshamagan 9 ta fandan dars berish huquqiga ega mutaxassis .
2.Har oy , har kuni diktant,bayon,hatto turlicha insholar ,turli xil tadbirlarni o'tkazadigan mahoratli hakam ,milliy dasturni avval o'zida sinab, keyin yuqoriga chiqaradigan tajriba eksperti.
3.Maktabda o'tkaziladigan tadbirlariga gruppavoy mas'ul.
4.Har bir tadbirida o'zi boshlovchilik qila oladigan ,o'quvchilarini ham tayyorlay oladigan mohir jurnalist.
5.Barcha ish qog'ozlarini,bayonnomalarini hech kimdan ko'chirmasdan,ko'chirishga berib tura oladigan chiroyli husnixat egasi,mohir hattot.
6.Hech qachon ariza va dalolatnomalarini birovga tekshirtirmaydigan ,bu ishni ustalik bilan bajara oladigan,o'zlari tayyor bo'lib yetishib chiqqan muharrirlar.
7.Maktabda ulardan yumshog'ini topolmaysizlar,ular 1-o'rinda,2-o'rinda til adabiyot ustozlari
8.Eng mehribon sinf rahbar, 2-ona, ota,
kerak bo'lsa o'quvchisiga bobo, buvi bo'la oladilar.
9.Ayrimlar boshlang'ich deb past nazar bilan qaraydigan, aslida eng mashaqqatli bo'g'in hisoblangan ,hatto matematikani ham qoyillatib o'tadigan tirishqoqlar.
10.Sanasa ado bo'lmaydigan ular bemalol dars bera oladigan fanlari boru,lekin o'tishga imkon berilmaydigan haqiqiy fidoyi, jonkuyar ,boladay beg'ubor ustozlar.
11.Faqat maktab payti emas,ta'tilda ham vazifa berib charchamaydigan,o'quvchilari yodida bir umr qoladigan birinchi ustoz
1.1K views10:21