Get Mystery Box with random crypto!

With Madina 🌵

Telegram kanalining logotibi fave_world — With Madina 🌵 W
Telegram kanalining logotibi fave_world — With Madina 🌵
Kanal manzili: @fave_world
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 19
Kanalning ta’rifi

Mening shaxsiy sahifam🌵
•Motivatsion postlar ✨
•Ko'pgina foydali maslahatlar🌈
•Turli xil qiziqarli methodlar🪐
•O'z ijod namunalarim bilan bo'lishib boraman📚
Postlarimni manbasiz olmang❗
Creator #Miss_M ❤️

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-19 11:19:12 O'zliging bilan yuzlash

Hayot bir tekis emas va u shunisi bilan ham qiziq. Unda har turli kunlar bo'ladi. Yani bir kuni yaxshi, keyin yomon, undan so'ng mashaqqatli, sinovli kunlar, keyingilari esa betashvish, hotirjam, bir kuningni hursand o'tkazsang keyingisi xafagarchilikda o'tishi mumkin. Bu hayot. Qiyinchiliklar toblab boradi seni. Manziling tomon borar ekansan yo'lingda har turli past-u balandliklar, turli xil qiyinchiliklar, sinov va mashaqqatlar bilan yuzlashasan. Hayotingdan nolima, yurishdan to'xtab qolma, voz kechib ketma. Hech qachon yodingdan chiqarmaginki bu sening yo'ling Alloh taolo taqdiringa bitkan yo'l. Balki bir kun kuchim qolmadi deb o'ylarsan, qiynalarsan, ko'zlaring yoshga, diling g'amga to'lar shunda qo'llaringni yuraginga qo'y va "Men buni albatta uddalayman" deb ayt. Axir bu sening hayoting. Hech kim uni sen uchun yashab bermaydi. Hech kim qiyinchiliklarni yengib bermaydi. O'zing istagan, orzu qilgan hayotingni qurib bermaydi va bunga majbur ham emas. Shunday ekan o'rningdan tur oynaga qara va ayt:

•Men o'zi kimman?
•To'g'ri yo'ldamanmi yoki aksi?
•Baxtli bo'lishim,orzularim ushalishi va istagan hayotimda yashashim uchun nima qilishim kerak?


O'zingdan qochishni bas qil, haqiqatlaring bilan yuzlashish vaqti keldi. Orzularing orzuligicha qolib ketmasin. Senga ishongan, bor umidini, ishonchini, mehrini, e'tiborini, vaqtini, mablag'ini, umrini sen uchun bag'ishlagan, haqqinga doimo duoda bo'lgan, sendan umidlari katta ota-onang uchun ham uddalashing shart. Kun-u tun seni poylab, yiqilishiningni kutkan dushmanlaring uchun ham uddalashing shart. Bilaman oson emas va boshlash hech qachon oson bo'lmagan. Ammo natija qiyinchilik bilan erishilgan yutuq qadrli bo'ladi. Kim uchundir kerakligingni unutma.

Omad senga yor bo'lsin

@Fave_world
223 viewsedited  08:19
Ochish/sharhlash