Get Mystery Box with random crypto!

Kunni qanday samarali o'tkazish mumkin? Kunlik rejalar va vaqt | With Madina 🌵

Kunni qanday samarali o'tkazish mumkin? Kunlik rejalar va vaqtni to'g'ri taqsimlash haqida

Vaqt - eng aziz bebaho ne'mat va o'lchovli ham. Lekin to'g'ri taqsimlab undan samari tarzda foydalanish mumkin. Quyida vaqtni to'g'ri taqsimlash va unumli foydalanish haqida oz bo'lsada foydali maslahatlar bilan bo'lishaman

1. Kun tartibi tuzish
Bitta yangi daftar oling har bir betini bir kun uchun ajrating. Yuqori qismiga kun nomini va sanani yozasiz Ertangi kun uchun bajarishingiz kerak bo'lgan har qanday ishingiz, darslaringiz umuman olganda kun davomida nima qilsangiz yozib chiqing va to'g'risiga taxminiy vaqtlarni ham belgilang. Topshiriqlarni aniq yozishga harakat qiling. Masalan kitob o'qish deb yozsangiz u qaysi kitob va taxminan necha bet o'qiysiz va qaysi vaqt oralig'ida
Kitob o'qish: ,,Mehrobdan chayon" 50 bet. 9dan 10gacha.
Har bir bajargan ishingiz uchun mana shunday belgi qo'ying. Ishoning bu bilan vaqtingiz juda barakali bo'ladi va har bir kuningiz samarali o'tadi. (Sinalgan usul)

2. Ertaroq uyg'oning
"Erta turgan kishini hudo o'nglar ishini" deb bejiz aytilmagan. Har kuni bomdod namozidan oldinroq turishga harakat qiling. Shunda tetik va bardam uyg'onasiz. O'rningizdan turishingiz bilan 1 stakan iliq suv iching bu juda ham foydali. Ertalabki badantarbiya bilan shug'ullanish yoddan chiqmasin. Hech qachon nonushtadan voz kechmang. Bu sog'lik uchun zararli. Eng qiyin yumushlaringizni kunning aynan shu qismida bajarib olishga harakat qiling. Asosan aqliy mehnatni. Masalan nimadir yodlashingiz yoki o'qishingiz kerakmi? Erta tong bunday ishlar uchun eng qulay vaqt. Yuqorida aytilgandek yozgan daftaringizni oching va birma-bir yumushlaringizni bajarishni boshlang.

3. Timelogger va applar
Qandaydir ish bilan mashg'ul paytingizda Timer app lardan foydalanish ayni muddao. Bu ilovalarga qiladigan har qanday ishingizni kiritasiz dars qilish televizor ko'rish uy yumushlari... Ular yordamida qaysi ishga qancha vaqt sarflayotganingizni bilib olishingiz mumkin. O'zingizni nazorat qilasiz, diqqatingizni bir joyga jamlaysiz hayolingiz faqat qilayotgan ishingizda bo'ladi. Quyida ularning ba'zilari bilan bo'lishaman:

1.Forest yani o'rmon. Ilovaga kirasiz va vaqt belgilaysiz. Har bir bajargan yumushingiz uchun bittadan daraxt o'sadi. Shunday qilib o'z o'rmoningizni yaratasiz. Bu app hozir bitta so'zni tarjima qilib olay deb telfonni qo'liga ushlashi bilan hayoli jalg'ib soatlab boshqa narsalarga chalg'ib ketadiganlar uchun ayni muddao. Chunki unda vaqt belgilaysiz va mana shu vaqt tugamaguncha telefondan foydalana olmaysiz. http://play.google.com/store/apps/details?id=cc.forestapp

2. aTimelogger
Bu ilovada hech qanday cheklovlar yo'q. Vaqtni yoqib qo'yasiz va ishingizni qilaverasiz. Undan ish uchun qancha vaqt sarflaganingizni o'lchashda foydalansangiz bo'ladi. Yani qancha vaqt TV ko'rdingiz, kitob o'qidingiz, ovqat tayyorladingiz, sport bilan shug'ullandingiz.
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.aloggers.atimeloggerapp


3. Pomodoro
Bunda sizga 25 daqiqa dars qilish uchun vaqt beriladi. Vaqt tugagach 10 daqiqa tanaffus olishingiz mumkin. Uzoq vaqt dars qilolmaydiganlar uchun ayni muddao ilova. Ishni bajarib bo'lib o'zingizga maqtov yorlig'i berishingiz ham mumkin. Keyinchalik tanaffus vaqti uzayib 30 40 hatto undan ham ko'p bo'lishi ham mumkin.
http://play.google.com/store/apps/details?id=com.hamatim.podomoro

Ilovalarni havolalar orqali yuklab olsangiz bo'ladi

Post yoqqan bo'lsa do'stlaringiz bilan bo'lishishni unutmang!

@Fave_world