Get Mystery Box with random crypto!

Qizim 2 yosh. Tushlikka tayyorlab berdim. Ertalabki nonushtas | Fatimah School

Qizim 2 yosh.

Tushlikka tayyorlab berdim. Ertalabki nonushtasiga Dum sho'rva qaynatib bergandim.

Tuxum va jigarli omlet #retsept i

2 ta uy tuxumi
2 bo'lak pishgan jigar qirg'ichdan chiqariladi
Ko'katlarni mayda to'g'raladi. (Ukrob, kashnich...)
1 chimdim tuz (ta'bga ko'ra ziravorlar)
Hammasini aralashtirib charvi/saryog'/dumba/avacado/kokos yog'ida qovuriladi. Past olovda.

Pishgach dasturxonga sabzavotlar bilan bezatib tortamiz. Ustiga limon siqib yuborish yoki, ovqatdan so'ng limon shimdirish mumkin. Oqsil yaxshiroq so'rilishi uchun.

Ushbu omletni nonushtaga ham tayyorlasa bo'ladi. Kattalar uchun ham ayni muddao.

Yanada ko'proq retseptlar bilan ulashishimni istasangiz, menga ham ulashing)

@fatimah_school