Get Mystery Box with random crypto!

Masjidda jamoat bilan namoz oʻqidim. Namoz tugashi bilan yonim | Fathulloh Abdurashidov | Blog

Masjidda jamoat bilan namoz oʻqidim. Namoz tugashi bilan yonimdagi keksa yoshli otaxon qulogʻimga pichirladi:
— Birinchi safdagi odamlarga yaxshilab qara.
Men diqqat bilan ularga qaradim va otaxondan soʻradim:
— Uzr, bu bilan nima demoqchisiz?
— Oralarida biror boy yoki amaldorni koʻryapsanmi?
— Ha, lekin ozchilik.
— Yoʻq, ularning hammasi oddiy ishchilar. Biri farrosh, biri suvchi yana biri oddiy xizmatchi.
— Ha...
— Allohning huzuridagi manzillarimiz ham huddi shunday — dedi otaxon va gapida davom etdi — mening hozirgi oʻrnimga va oʻzingnikiga qara, toʻrtinchi yo beshinchi safdamiz. Qiyomat kunida ham shunday boʻladi! Masjidlar bor boʻlsin, Bizlarni fosh qildi, Allohning huzuridagi manzillarimizni koʻrsatib qoʻydi!

Bu gapdan men dahshat va hayrat orasida qoldim. Xuddi birov chakagimga qattiq urgandek boʻldi.
Alloh taoloning oyatini esladim:
“Va peshqadamlar, peshqadamlar. Ana oʻshalar, (Allohga) yaqin boʻlganlar”. (Voqea 10, 11)
Yana Habibimizning hadislari yodimga keldi:
“(Odamlar) Azon aytishda va birinchi safda namoz oʻqishda nimalar (qanday fazilatlar) borligini bilsalar edi, ularga emaklab boʻlsa ham kelar edilar”.

Eh otaxon, — dedim xayolan — namozga kechikib kelganlar haqida shunday desangiz, umuman namoz oʻqimaydigan yoki faqat juma namozini oʻqiydiganlar haqida nima der ekansiz!?

Telegram Instagram TikTok