Get Mystery Box with random crypto!

Fathiyya Nabijon

Telegram kanalining logotibi fathiyyanabijon — Fathiyya Nabijon F
Telegram kanalining logotibi fathiyyanabijon — Fathiyya Nabijon
Kanal manzili: @fathiyyanabijon
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.13K
Kanalning ta’rifi

بسم الله الحمدلله و الصلاة والسلام على رسول الله و بعد 📚
Sen: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlarmidi?!” deb ayt. 39:9
Postlarni ulashayotganda mualliflik
huquqiga amal qiling!
Murojaat uchun @Fathiyya_Nabijonbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-03 14:49:34 ​​#insight

Universitetdagi favqulotda ko'payib ketgan darslarim tufayli prioritetlarimga muvofiq kanalim eng so'ngi darajaga tushib qoldi, faolsizligim boisi shunda.

Nima bo'lgan taqdirda ham Allohdan iltijo qilib so'rab olgan "Gunoh-ma'siyatga vasvasa qilinish tugul, nafsga yoqadigan muboh amallarga ham vaqt topa olmaydigan darajada darslarga ko'milib ketish" holatimdaman, Alhamdulillah.

Bu orada yana bir ilmiy maqola yozib tugatdim, mavzusi: "Критика и похвала в педагогической деятельности".

Maqola uchun 1 hafta muddat, ustoz tomonidan 10 ball mukofot.

Prokrastinatsiya ham "bor bo'lsin", ishga deadline tugashiga ikki kun qolganda kirishdik. Oxirgi kun tugatib topshirishga va'da berib ustozdan darsdan ozod qilishlarini so'radik, bizga ishonib rozi bo'ldilar.

Aksiga olib laptop uyda qolgan, kutubxonadagi barcha kompyuterlar band. Dugonam bilan uchinchi korpusga borib imtihonlar o'tkaziladigan xonadan foydalanishga ruxsat oldik. Salkam 3 soat to'xtovsiz mehnat va maqola tugashiga sanoqli sahifalar qoldi.

Peshin vaqti bo'ldi, hayol bilan faylni saqlab qo'ymay chiqib ketibmiz. Qaytib kelsak tumonat odam, barcha kompyuterlar retake (qayta topshirish) imtihonlari uchun tayyorlab qo'yilgan. Alvido 3 soatlik mehnat va asab tolalari...

****

Universitet hovlisida siqilib o'tirib o'ylanib qoldim: "Men bu maqolani yozishni qanday niyat bilan boshlagandim?"

Agar maqsadim faqat Alloh rizosi, o'qigan har bir inson maqtov va tanqid borasidagi qarashlarini isloh qilishi, mendan sadaqai joriya bo'lib qolishi bo'lganida, yuz marta o'chib ketsa ham mahzun bo'lmay bir yuz birinchi marta yozishga kirishardim-ku.

Biroq avvalo Alloh rizosini emas, ustozim beradigan 10 ballni o'yladim, shu sababli hozir "shalpayib" o'tiribman. Tabiiyki, Allohning rizosi beradigan motiv (turki) bilan, ustozim e'tirofi beradigan motiv orasida yer bilan osmoncha farq bor, mening niyatim avvaldan noto'g'ri bo'lgan.

Xulosam: Har qanday faoliyatda muammo/to'siqlarga qaramay sobit tura olishning asosi - boshdan bosh niyatni to'g'ri qo'yib olishga borib taqaladi. Motiv qanchalik kuchli bo'lsa, muammolarga bardoshlilik shunchalik yuqori bo'ladi.

Fathiyya Nabijon

@fathiyyanabijon
980 viewsedited  11:49
Ochish/sharhlash
2023-02-18 17:48:37 So'ngi vaqtlarda @Fathiyya_Nabijonbot ga eng ko'p berilgan savollarga shu yerda javob berishim barchamiz uchun qulay bo'ladi nazarimda:

Eng oxirgi qadalgan postdagi ikki blogger ayol sahifalarini biz bilan ham ulasha olasizmi?

Sahifalari rus tilida yuritiladi, (o'zbek media olamida hali bunday yuqori sifat va saviyadagi maqolalar bilan kanal yuritadigan birorta blogger-ayolni ko'rmaganman) hamda boshqa bir sabablarga ko'ra ulasha olmayman, afsusdaman.

Infodetox vaqtida mutolaa qilgan kitoblaringizni qayerdan olgansiz, kitob do'konlarida yo'q ekan?

Bu kitoblar ham rus tilida, nomlarini tajrima qilib yozgandim xolos. O'zbekistonda mavjud emas, faqat Grozniyga buyurtma qilish mumkin. Yana afsusdaman.

Faqat Turkiya emas zilzila oqibatida talofot ko'rgan, Suriyadagi musulmon birodarlarimizga yordam qilish haqida ham yozsangiz yaxshi bo'lardi.

Suriya uchun hayriya jamg'arayotgan birorta ishonchli tashkilot bilmayman, bilganlarim ham rus va turk millatiga mansub shaxslar tomonidan yuritiladi. Ularning karta raqamlariga pul o'tkazish bizni katta muammolarga olib kelishi mumkin, bunday nozik masalalarda tavakkal qilolmayman. Uchinchi marta afsusdaman)

@fathiyyanabijon
1.6K viewsedited  14:48
Ochish/sharhlash
2023-02-18 11:02:16 ​​Sinovlardagi hikmat

So'ngi paytlarda asosan sinov/musiybat va jazoga aloqadar maqolalar o'qiyapman.

Negaligi ma'lum: Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzilalarni ayrim munofiqlar "tug'yonga ketgan xalq uchun Allohning jazosi" o'laroq talqin qilishgani bois farosatli, zakiy shaxslar ularga  asosli raddiyalar yozishyapti.

Bandaga keladigan sinovlarning, xoh u kasallik ko'rinishida bo'lsin, xoh yo'qchilik, musiybat yoki yo'qotish - eng asosiy hikmatlari:

Inson Robbisini yaxshiroq taniydi. Musiybat vaqtidagi chorasizlik, duo va sabrdan boshqa umid yo'qligini anglash odam bolasiga Allohsiz u hech kim emasligini xotirlatadi. O'zidan ujblanib yurganlarga aslida qanchalar haqirligini eslatib qo'yadi.

Gunohlar mag'firat qilinishi. Eng samimiy duo va tavbalar aynan sinov vaqtida qilinadi.

Bandaning Alloh nazdidagi darajasi ortishi. Allohdan nusrat kutib, madad ilinjida duo qilaveradi-qilaveradi, ibodatlarda bardavom bo'ladi, yolg'iz qolib Robbisiga xolis qalb bilan yolvoradi va natijada Alloh bilan munosabatlarini isloh qilib u Zotga sezilarli ravishda yaqinlashadi.

Yuzdagi niqoblar yechilishi. Kim mo'min-u, kim munofiq oydinlashishi.

Inson ega bo'lib turgan ne'matlarini qiymatini yanada yaxshiroq anglashi va hkz.

Shaxsan meni eng qattiq ta'sirlantirgan hikmat esa: "Jannatga intilish ortishi" bo'ldi. Odam bolasi bu hayotda faqat lazzat ichida, rohatga ko'milib yashayversa Jannat tomon intilmay qo'yadi.

Yaxshi amallarda bardavom bo'lib Firdavsni, Adnni umid qilish uchun banda bu dunyodan, undagi tashvish va musiybatlardan bezishi, qiynalib ozorlanishi kerak. Shundagina abadiy rohat yeriga talpinishga ishtiyoqi ortadi.

Tarixda o'tgan Fir'avn, Qorun, Namrud va boshqa hukmdorlarning osiyligi sababi ham oxirgi hikmatga borib taqaladi nazarimda. Bu hayotda ko'ngli nimani tusasa muhayyo qilib yashagach Jannatga "intilib" nima qilishardi?!

So'ngida esa bu istidrojlari ularni halok qildi!

@fathiyyanabijon
1.4K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-02-18 10:50:10 #ochiqlash

Sinov - solih bandalarga ham kelaveradi, ularning Alloh nazdidagi darajalarini yanada yuksaltirish uchun. Ba'zilarga esa gunohlardan poklanib olishlari, osiylik tomon ketayotganlarida "o'zlariga kelib olishlari" uchun imkon bo'ladi.

Jazo - odam bolasining qilgan gunoh/ma'siyatlariga yarasha beriladi. Banda - qilgan yomonliklari uchun Alloh uni shu dunyoda jazolasa xursand bo'lishi kerak, sababi agar hisob qiyomatga qolsa jazo hayotdagidan ko'ra aaancha shiddatli/azobli/alamliroq bo'ladi.

• Agar inson kelgan musiybatni xotirjamlik va rozilik bilan qabul qilsa - bilsinki bu unga darajasini yuksaltirish uchun yuborilgan sinov.

• Agar inson musiybatni sabr ila qarshilasa - Alloh uning gunohlarini shu orqali afv etishni iroda qilibti.

• Bordi-yu musiybat kelgach odam bolasi jahl, noshukrlik, norozilik alomatlarini zohir qilsa - bu uning gunohlari uchun jazodir.

@fathiyyanabijon
884 viewsedited  07:50
Ochish/sharhlash
2023-02-16 19:46:20 Я - жалкая попрошайка своего Господа.

@fathiyyanabijon
903 views16:46
Ochish/sharhlash
2023-02-16 18:22:37 #eslatma

Qalb kasalliklari haqida o'qishni boshlaganimdan so'ng illatlar borasidagi tushunchalarim o'ta tor doirada va nihoyatda sayoz ekanini bilib o'zimdan uyalib ketdim.

Masalan, kibr haqidagi bilimlarim bu illatning asl holati, kayfiyati, bandada zohir bo'lish ko'rinishlari, qalbdagi alomatlarini chorak qismini ham qoplamasligini ko'rdim.

Nifoqda ham ayni shu holat, hatto aksariyat butun umr o'zining munofiqligidan bexabar holda yashab, o'zini isloh qilmay vafot etishini bilgach muzlab ketdim.

Riyo, ujb, hasad, ta'magirlik, mutaasiblik va yana shu kabi bir qancha qalb kasalliklari borasida ham ayni yuqoridagi kabi hayratda qoldiruvchi ma'lumotlarni sanash mumkin, lekin e'tibor qaratishimiz lozim bo'lgan asosiy nuqta: Bu illatlarning deyarli barchasi bevosita odamlar fikriga qiziqish/birinchi o'ringa qo'yishga borib taqaladi.

Ehtimol shu sabab quyidagi video yakunidagi jumlalardan qattiq ta'sirlanib, sizlar bilan ulashishni istagandirman:

Bizda ikki yo'l bor - yo odamlar tomonidan unutilgan, lekin Alloh yodda tutadigan bandalardan bo'lamiz, yo bandalar ko'p eslab, Alloh Taolo unutganlardan!

@fathiyyanabijon
1.1K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2023-02-16 17:57:08 #eslatma

- If people think you are great, there is no guarantee that Allah thinks you are great!

- If people think you are terrible, you are going to help your evil, there is no guarantee that Allah thinks you are evil!

(C) Nouman Ali Khan

Fazilatli voiz "Hadid" surasining tafsirida bir qarashda yengil, biroq fikr yuritganning qalbini larzaga keltiradigan shunday bir gap aytdilar:

"Odamlar sizni maqtashi, solih insonlardan deb bilishi, Alloh ham aynan shunday deb hisoblashiga kafolat bermaydi! Xuddi shunday odamlar sizni yomon deb o'ylashi, Alloh ham ayni shunday deb bilishini anglatmaydi."

SubhanAlloh! Nihoyatda dolzarb eslatma.Vijdonan yondashib ko'rsak, kimdir bizni aynan dinimiz borasida maqtasa o'zimizdan qoniqishni boshlashimizni, Allohning nazdida ham xuddi shunday maqomdaligimizni o'ylashimizni tan olmay iloj yo'q.

Vaholanki bandaning asl holi - yolg'iz Allohga, ba'zi hollardagina o'ziga ham ayon.

Bu hayotda onalar o'z farzandlariga, juftlar bir-birlariga eng yaqin kishilar bo'lsalar-da, hatto ular ham qalbning asl holatidan voqif emaslar. Shubhasiz, barchasi Sittiyr Zotning satr pardasi fazlidan.

Shunday ekan, har gal bizni bizda yo'q sifatlar bilan maqtashganida, "Allohning ustimga yopgan satr pardasi ochilib qolsa, shu inson meni asl holatimni bilsa, maqtovlarini 4/1ni ham aytmagan bo'lardi" deb o'zimizga eslatishimiz lozim, toki o'zimizdan qoniqib, ujblanib ketmaylik!

Aks holda bu maqtovlar Umar roziyallohu anhu ta'birlari bilan aytganda "Belimizni sindiradi".

@fathiyyanabijon


863 views14:57
Ochish/sharhlash