Get Mystery Box with random crypto!

#insight Alloh Taolo ’’Kahf’’ surasining 28-oyatida shunday b | Fathiyya Nabijon

#insight

Alloh Taolo ’’Kahf’’ surasining 28-oyatida shunday buyuradi:

وَاصْبِرْ نَفْسَكَ مَعَ الَّذِيْنَ يَدْعُوْنَ رَبَّهُمْ بِالْغَدٰوةِ وَالْعَشِيِّ يُرِيْدُوْنَ وَجْهَهٗ وَلَا تَعْدُ عَيْنٰكَ عَنْهُمْۚ تُرِيْدُ زِيْنَةَ الْحَيٰوةِ الدُّنْيَاۚ وَلَا تُطِعْ مَنْ اَغْفَلْنَا قَلْبَهٗ عَنْ ذِكْرِنَا وَاتَّبَعَ هَوٰىهُ وَكَانَ اَمْرُهٗ فُرُطًا

’’Oʻzingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut. Hayoti dunyo ziynatini xohlab, ulardan ikki koʻzingni burma. Qalbini Oʻz zikrimizdan gʻofil qilib qoʻyganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib ishi izdan chiqqanlarga itoat qilma’’.

Jamiyat, muhit, hatto kichik bir guruhdan iborat insonlarni ham boshqa bir shaxsga ta’sir ko’rsata olishi - inkor etib bo’lmaydigan fakt.

G’aflatdagi insonlar bilan do’stlashmaslik, ularning jamoasidan uzoq yurish motivator/speakerlarning deyarli har bir master-classida uchraydigan jumlalari yohud kitoblardagi siyqasi chiqqan tavsiyalardan biri emas, Alloh Taoloning buyrug’i!

Bu oyat hikmatiga hayotimiz davomida ko’p marotaba guvoh bo’lamiz, xossatan ta’lim maskanlarida.

Masalan, G’arbga taqlid avjiga chiqqan dunyoviy ta’lim muassasalaridan biri - universitetim muhitining eng xavfli jihatlari:

Chin mo’minlik hislatlaridan biri - munkarni ko’rganda qalb bezovta bo’lishi nihoyatda susayib ketishi. Har kuni to’qnashaverish oqibatida harom amallar ko’zga yengil ishlardek ko’rina boshlaydi, agar Alloh rahm qilmasa bora-bora iymon zaiflashib qalb shu holatga ko’nikadi va rozi bo’ladi.

Nafllarga rag’bat bo’lmasligi. Farzlar bilan kifoyalanish yoki ularni ’’bir amallab’’ bajarib olish ham boshqalar bilan solishtirganda katta natijadek tuyula boshlaydi.

• Nima qilish lozim?
• Alloh Taolo buyurganidek - erta-yu kech Robbisining jamolini istab duo qiladigan bandalarni qidirib topish va ularga qo’shilib iymonni saqlab qolish, agar imkon bo’lsa ziyoda qilish ustida ham birga ishlash!

Bunday toifa insonlar daraxtni bir tepsa yog’iladigan xilidan emas. Banda Allohdan so’rab, yalinib, yolvorib, sabablarni ushlab, shu hislatlarni avvalo o’zida shakllantiribgina yo’liqishi mumkin ularga bifazlillah.

P.s.2: Ertaga Kahf surasini o’qib qo’yishni unutmang. Mus’hafga qarab mustaqil o’qiy oladigan darajada bo’lmasangiz, juda ohanglashtirib yubormay tartil bilan o’qiydigan qorining tilovatini qoyib ortidan qaytarsangiz ham bo’ladi.

Ayman Rushdiy Suvayd, Khalifa At-Tunaiji va Abu Bakr Ash-Shatri (Alloh ulardan rozi bolsin)larni tavsiya qilaman.

@fathiyyanabijon