Get Mystery Box with random crypto!

Baroat kechasidan g‘aflatda qolmang! Ali roziyallohu anhudan | Al_Fateh🤍

Baroat kechasidan g‘aflatda qolmang!

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Qachon Sha’bon yarmi kechasi bo‘lsa, uning kechasini bedor o‘tkazinglar, kunduzining ro‘zasini tutinglar. Chunki o‘shanda Alloh quyosh botishi paytida dunyo osmoniga tushadi va:
«Qani, istig‘for aytuvchi bormi? Men unga rizq berurman. Qani, baloga uchragan bormi? Men unga ofiyat berurman. Falonchi qani, fistonchi qani?» deydi. Toki, tong otguncha shundoq bo‘ladi», dedilar». 
Ibn Moja rivoyat qilgan.

Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamni kechalardan birida yo‘qotib qo‘ydim. So‘ng u kishini izlab chiqdim. Qarasam, U zot Baqiy’da boshlarini ko‘tarib osmon tomoniga qarab turgan ekanlar:
«Ey Oisha, Alloh va Uning Rasuli sendan chetlashidan xavf qildingmi?» dedilar.
«Siz ba’zi ayollaringizga borgansiz, deb gumon qiluvdim», dedim. 
«Albatta, Alloh Sha’bonning yarmidagi kechada dunyo osmoniga tushadir va Kalbning qo‘ylari juni adadidan ko‘proqni mag‘firat qiladir», dedilar». 

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
@fatehimm
•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•