2023-04-20 19:09:02
Bolalar orasida adolat qilish haqida
Nu'mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Otam meni ko'tarib, Rasululloh sollallohu alayhi vassalamning huzurlariga olib bordilar va: "Ey Allohning Rasuli, guvoh bo'ling, men Nu'monga o'z molimdan buni, buni berdim" dedi.
"Hamma o'g'illaringa ham shunga o'xshash narsa berdingmi?" dedilar u zot.
"Yo'q", dedi.
"Bunga mendan boshqani guvoh qil", dedilar va so'ngra: "Ularning barchasi senga birdek yaxshilik qilishni istaysanmi?" dedilar.
"Ha", dedi.
"Unday bo'lsa, yo'q!" dedilar".
Boshqa bir rivoyatda:
"Allohga taqvo qilinglar va farzandlaringiz orasida adolatli bo'linglar", deyilgan.
Farzandlaringizga nisbatan adolatli bo'ling, ularga teng mehr bering. "Bunaqa emas" deyishga shoshilmang. Bolalarning "Onam ukamni ko'proq, meni kamroq yaxshi ko'radi" degan fikrga borib qolishlari bejizga emasdir.
Albatta yaqinlarga ulashing
@Farzand_tarbiyasi_uzb
10.7K views16:09