Get Mystery Box with random crypto!

Ayollar bor, bolam deydi uyim der, Ayollar bor, erlarini bosh | Farzand tarbiyasi (vizitka)

Ayollar bor, bolam deydi uyim der,
Ayollar bor, erlarini boshin yer,
Ayollar bor, farishtadir uyida,
Ayollar bor, xatto itdan daydida.

Ayollar bor, vafolidir xayoli,
Ayollar bor, oʻzlaricha ziyoli
Ayollar bor, koʻzlarida mexr bor,
Ayollar bor, koʻzlarida qaxr bor.

Ayollar bor, nur sochilar yuzidan
Ayollar bor, zaxar chiqar soʻzidan,
Ayollar bor, boylik dedi pul dedi
Ayollar bor, boylik axir gul dedi.

Ayollar bor, farzandini quchganlar
Ayollar bor, farzandidan kechganlar,
Ayollar bor, sabr qilib yuradi
Ayollar bor, xar kun nolib turadi.

Ayollar bor, shukr deydi boriga,
Ayollar bor, kun bermaydi eriga!
Ayollar bor, quyoshdayin nur sochar,
Ayollar bor, shaytonni bagʻrini quchar

Ayollar bor, oilasining baxtidir,
Ayollar bor, xayvon undan yaxshidir,
Ayollar bor, Otam dedi Onam der,
Ayollar bor, Onasining bagʻrin yer.

Ayollar bor, oʻzbegimning yuzidir,
Ayollar bor, baxtimizning koʻzidir,
Ayollar bor, erkaklardan yaxshiroq,
Ayollar bor, uzoq yonar bir chiroq!

Albatta yaqinlarga ulashing

@Farzand_tarbiyasi_uzb