Get Mystery Box with random crypto!

Qaytar dunyo Oʻgʻling boʻlsa oʻgʻrining Xech ustidan kulmag | Farzand tarbiyasi (vizitka)

Qaytar dunyo

Oʻgʻling boʻlsa oʻgʻrining
Xech ustidan kulmagin
Qizing boʻlsa foxishani
Sira mazax qilmagin

Gado koʻrsang koʻchada
Urib tepib oʻtmagin
Soqovga savol berib
Kulib javob kutmagin

Garangni karsan dema
Jinniga tosh otmagin
Qaytar dunyo qaytarmish
Bu gunoxga botmagin

Yigʻlab yurgan bechoraning
Kimdir kulsa izidan
Oʻziga xam qaytadi
Oʻgʻli yo qizidan

Yaxshiliq qil dildan qil
Yoʻl bermagin minnatga
Kibrli maqtanchoqlar
Kirmas ekan jannatga

Birovni kiyimiga qarab
Oʻzingcha berma baxo
Sharoiti shundaydir
Balki oʻzi bebaxo

Seni yaratgan Allox
Ularning xam xudosi
Etti osmonga yetar
Mazlumlarning duosi.

Albatta yaqinlarga ulashing

@Farzand_tarbiyasi_uzb