Get Mystery Box with random crypto!

#befarq_boʻlmang Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi? Demak, si | Farzand tarbiyasi (vizitka)

#befarq_boʻlmang

Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi? Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgan ekansiz.

Farzandingiz oʻziga ishonmayaptimi? Demak, siz uni shijoatlantirmas (ruxlantirmas) ekansiz.

Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, siz u bilan suxbatlashmas ekansiz.

Farzandingiz oʻgʻrilik qilyaptimi? Demak, siz unga sovgʻa-salom bermayotgan ekansiz.

Farzandingiz qoʻrqoqmi? Demak, siz uni koʻp ximoya qilar ekansiz.

Farzandingiz boshqalarni xurmat qilmayaptimi? Demak, siz nisbatan tajovuz qilyaptimi? Demak, siz unga nisbatan qoʻpol (dagʻal) munosabatda boʻlar ekansiz.

Farzandingiz zaifmi? Demak, siz unga koʻp doʻq-poʻpisa qilar ekansiz.

Farzandingiz sizni qizgʻonayaptimi? Demak, siz unga nisbatan beeʼtibor ekansiz.

Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi? Demak, siz uni bagʻringizga bosib, yuzlaridan oʻpmas ekansiz.

Farzandingiz sizga itoat qilmayaptimi? Demak, siz undan koʻp narsalarni talab qilar ekansiz.

Farzandingiz odamovi boʻlib qolganmi? Demak, siz oʻzingiz bilan oʻzingiz ovora ekansiz.

Albatta yaqinlarga ulashing

@Farzand_tarbiyasi_uzb