Get Mystery Box with random crypto!

“Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q!” Yaponiya maktablaridagi a | Farzand tarbiyasi (vizitka)

“Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q!” Yaponiya maktablaridagi ajoyib qoidalar haqida.

Yaponiya maktablarida qanday noodatiy qoidalar mavjud? Quyida shular haqida…
Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan berilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur hisoblanadi.

Yapon maktablarida yozgi ta’til berilmaydi. 5 haftalik ta’tillar o‘quv yili davrida beriladi va o‘sha davrda ham o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muttasil shug‘ullanib keladi.

Maktabda farrosh yo‘q, bu vazifani o‘quvchilarning o‘zi bajaradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar.

O‘quvchilarning turli-tuman soch turmaklari va lak-bo‘yoqlarga ruxsat etilmaydi.

Yapon bolalari boshlang‘ich sinfdan keyin forma kiyishga o‘tishadi.

Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart! Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o‘tiladi va ular bu san’atni juda yaxshi egallagan bo‘lishlari shart! Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchi boshqa o‘qituvchida qaytadan mashg‘ulotlarni o‘tib, keyin takroriy sinovdan o‘tkaziladi.

Maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi! “Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q!” degan tushuncha yapon ta’lim tizimida ustuvor! Yapon maktabi har bir o‘quvchini teng va betakror deb biladi va ularni har taraflama tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Albatta yaqinlarga ulashing

@Farzand_tarbiyasi_uzb