Get Mystery Box with random crypto!

Bolalarda D vitamini yetishmovchiligi yoki raxitning boshlang‘ | Farzand tarbiyasi (vizitka)

Bolalarda D vitamini yetishmovchiligi yoki raxitning boshlang‘ich davrini qanday aniqlash mumkin?

Dastlab bola hayotining 2-3 oyligida nerv tizimi tomonidan quyidagi klinik belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi:
-bezovtalik
-qo‘zgaluvchanlik
-uyqu buzilishi(uyquning yuzaki bo‘lishi yoki kam uxlashi)


Keyinchalik bolada ishtahaning pasayishi, baland tovushdan cho‘chish, birdan yorug‘lik tushganda seskanish holatlari yuzaga keladi.

Bola ko‘p terlaydigan bo‘ladi(kaftlar, oyoq kaftlari, tanada), ayniqsa boshning sochli qismida ko‘proq kuzatiladi. Ajralgan ter nordon hidli bo‘ladi, u terini zararlaydi va qichishish keltirib chiqaradi. Oqibatda bola boshini yostiqqa ishqalaydi, ensa sohasidagi sochlari to‘kiladi.

Terida issiqlik toshmalari paydo bo‘ladi.Bolada liqildoqlarni bekilishi va tishlarini chiqishi kechikadi.

Yuqoridagi belgilar paydo bo‘lishi bilan bolani pediatr ko‘rigiga olib boring.

Doctor Muxtorov

Albatta yaqinlarga ulashing

@Farzand_tarbiyasi_uzb