Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​OTA VA OʻGʻIL Kecha oqshom dadamni, Eslab r | Farzand tarbiyasi (vizitka)

​​​​​​​​​​​​OTA VA OʻGʻIL

Kecha oqshom dadamni,
Eslab rosa yigʻladim.
Sogʻindimmi, xijronmi?
Rosti buni bilmadim.

Oʻgʻlim koʻrib holimni,
Dedi: dada ne boʻldi?
Dedim: bolam dilimni,
Sogʻinch kosasi toʻldi.

Oʻgʻlim dedi: dadajon,
Bir tepalab qoʻyaymi?
Issiq choy damladim, yo,
Bir piyola quyaymi?

Ortingizga par yostiq,
Qoʻyib qoʻydim suyaning.
Oʻrningizdan tursangiz,
Yelkam tutay tiyaning.

Togʻoraga suv quyib,
Oyogʻingiz yuvaymi?
Yo bitta qurʼon oʻqib,
Gʻamlaringiz quvaymi?

Yelpigʻichda yelpiymi?
Roxat olar joningiz.
Shayman xizmatingizda,
Har lahza, har oningiz.

Dadajon ayting faqat,
Nechun koʻzingizda yosh?
Goʻyo bulut ortida,
Qolib ketganday quyosh.

Bolajonim mehridan,
Battar toʻlib yigʻladim.
Mayli bolam eshit deb,
Asta boshin siladim.

Bolam bobojoningni,
Eslab yigʻladim bexos.
Parvo qilma bu yigʻi,
Farzand sogʻinchiga xos.

Senga havas qilaman,
Dada desang yarashar.
Duo qilsam xaqqinga,
Koʻkda malak talashar.

Bobong xizmatlarida,
Men ham sendek turganman.
Duolarin mevasi,
Sendek oʻgʻil koʻrganman.

Dadam duo qilganday,
Duo qilay xaqqinga.
Doim sogʻ boʻl, omon boʻl,
Jon fido boʻl xalqinga


Albatta yaqinlarga ulashing

@Farzand_tarbiyasi_uzb