Get Mystery Box with random crypto!

Dorisi yoʻq jannatlarga ketgan bolam Munchoq koʻzi shiftga bo | Farzand tarbiyasi (vizitka)

Dorisi yoʻq jannatlarga ketgan bolam

Munchoq koʻzi shiftga boqib yotgan bolam,
Nigohida achchiq savol qotgan bolam,
Murgʻak joni oʻlim taʼmin totgan bolam,
Keng dunyoni koʻzimga tor etgan bolam,
Dorisi yoʻq jannatlarga ketgan bolam.

To tomirda shayton qoni oqar ekan,
Doktorlar ham choʻntagingga boqar ekan,
Dori deya ichganing naq zahar ekan,
Tili chiqmay, arshga ohi yetgan bolam,
Dorisi yoʻq jannatlarga ketgan bolam.

Kimdir yordam berarmi deb giryonasan,
“Qanday ayb ish qildim”, deya hayronasan,
Ajalningmas, sen biznesning qurbonisan,
Sovuq kunda sovuq qabr yutgan bolam,
Dorisi yoʻq jannatlarga ketgan bolam.

Yoʻq, kechirma dorifurush qalloblarni,
Vijdonini pulga sotgan jalloblarni,
Ochkoʻzlarni, sullohlarni, kazzoblarni,
Butun yurtning yoqasidan tutgan bolam,
Dorisi yoʻq jannatlarga ketgan bolam.

Otabek Tillayev

Albatta yaqinlarga ulashing

@Farzand_tarbiyasi_uzb