Get Mystery Box with random crypto!

Katta farzandimda shamollash kuzatilmoqda. Kichigiga yuqmaslig | Farzand tarbiyasi (vizitka)

Katta farzandimda shamollash kuzatilmoqda. Kichigiga yuqmasligi uchun nimalar qilishim kerak?

Shifokor Hilola Jumayeva:

Maktab va bogʻchalarda kasallikning tez tarqalishi koʻp kuzatiladi. Shu sababli bir uyda yashovchi farzandlar oʻrtasida ham ketma-ket shamollash holatlari mavjud. Bunga sabab bolalarning bir-biri bilan juda yaqin munosabatda boʻlishlaridir. Kasallikning boshqa oila aʼzolariga yuqmasligi uchun birinchi navbatda:

Bemor bolani alohidalash, bir-biri bilan aloqaga qoʻymaslik;
Shaxsiy gigiyena vositalarini (sochiq, sovun, tish tozalagich) boshqalarnikidan alohidalash;
Bemor idishlarini, choyshablarni alohidalash zarur;
Xonalarni tez-tez shamollatish;
Eshik ushlagichlarini dezinfeksiya qilish;

Shu bilan birgalikda bolalarga kasallikdan himoya qiluvchi maxsus burun uchun mazlardan foydalanish mumkin (pediatr tavsiyasi bilan). Bemor tuzalgandan keyin ham bemor xonasi va uyni viruslar va bakteriyalarga qarshi dezinfeksiya qilish lozim.

@Farzand_tarbiyasi_uzb