Get Mystery Box with random crypto!

#bilib_oling Homilador ayol asabiylashsa, bolaga qanday ta’s | Farzand tarbiyasi (vizitka)

#bilib_oling

Homilador ayol asabiylashsa, bolaga qanday ta’sir qiladi?

Homiladorlik davomida ayol organizmida kuchli gormonal o‘zgarishlar yuz beradi. Aynan shu gormonal o‘zgarishlar tufayli ayolning kayfiyati o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Ammo stress holatlari nafaqat homilador ayolga, balki sog‘lom insonga ham ta’sir qiladi. Homilador ayol asabiylashganda esa, uning organizmida kortizol miqdori oshadi va qon orqali embrionga o‘tadi. Va bu gormon embrionning yurak va bosh miya rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu sababli homiladorlik davrida ko‘p asabiylashish bola tug‘ilgach asabiy va yig‘loqi bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Bu holatni oldini olish uchun homilador ayol sevimli mashg‘ulotlari bilan ko‘proq shug‘ullanishi va stresslardan uzoq bo‘lishi tavsiya etiladi.

Farzand tarbiyasi va salomatligiga oid foydali maʼlumotlar kanaliga obuna boʻling

@Farzand_tarbiyasi_uzb