Get Mystery Box with random crypto!

Ona ketdik shahar koʻrsatay, Chiqimidan aslo gʻam yemang! On | Farzand tarbiyasi (vizitka)

Ona ketdik shahar koʻrsatay,
Chiqimidan aslo gʻam yemang!


Ona yuring shashlik oberay,
Faqat bolam, oʻzing yegin demang!
Olib boray goʻzal joylarga,
Koʻzingizni biroz quvnatay!
Yoshligimda koʻp oʻynatgansiz,
Men ham sizni shunday oʻynatay!
Qoʻying bugun qozon-tovoqni,
Toʻxtab tursin dunyo ishlari.
Bir kun yayrang siz ham iltimos,
Unutaylik dard-u gʻamlarni...

Eskiribdi ustiboshingiz,
Yangi koʻylak olay demaysiz.
Boʻyingizdan boʻyom baland-a
Qachongacha bizni oʻylaysiz.
Boʻling Ona ketdik shaharga,
Yangi koʻylaklar olib beraman.

Oʻgʻil boʻlib bir yasantiray,
Evaziga duo olaman.
Ona ketdik shahar koʻrsatay,
“Rasxod”didan aslo gʻam yemang...

Ilyos Yunusiy

Albatta yaqinlarga ulashing

@Farzand_tarbiyasi_uzb