Get Mystery Box with random crypto!

Dasturchilik darajalari Beginner Tarjimasi — Boshlovchi. B | Farrukh Eldorovich | Blogi👨‍💻

Dasturchilik darajalari

Beginner

Tarjimasi — Boshlovchi. Bu dasturlashni endigina boshlaganlarning darajasi. Masalan, savol berayotganda, beginnerman desa, odamlar unchalik ham uni yomonlamaydi, chunki har doimgidek, savol ahmoqona bo‘ladi.

Junior

Tarjimasi — Kichik. Beginnerdan o‘tgan, dasturlash tilini yomon bilmaydi, ishlaganiga 4-5 oydan o‘tgan, 1-2 ta qilgan ishlari bor progerlar. Odatda ishga kirishda juniordan boshlashadi

Middle

Tarjimasi — O‘rta. Juniordan o‘tgan, ishlaganiga 1 yildan oshgan, dasturlash tilini yaxshi biladi, tajribasi bor, portfolioda ishlar ko‘p.

Senior

Tarjimasi — Katta. Bu o‘sha dasturlash tilini juda yaxshi biladigan, ayni bir kerakli freymvorki bilan yaxshi ishlaydigan, qila olmaydigan ishining o‘zi yo‘qligi bilan maqtana oladiganlarni Senior Developer deyishadi. Ish tajribasi yili 3+.

Team Lead

Tarjimasi — Jamoa boshlig‘i. Bu daraja jamoada ishlaydiganlar uchun xos. Siz ayni bir jamoada ajralib tursangiz, proyektlarda faol bo‘lsangiz, gapingiz ko‘p kishiga o‘tsa, demak siz timlidsiz. Bunaqalarga baʼzida qiyin bo‘ladi. Chunki proyekt unga bog‘liq bo‘ladi.
https://t.me/Farrukh_Eldorovich_blogi