Get Mystery Box with random crypto!

#tabrik Aziz hamkasblar! Muhtaram do’stlar!Sizlarni xalqimizn | Farg'ona politexnika instituti

#tabrik

Aziz hamkasblar! Muhtaram do’stlar!Sizlarni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz! 31 yildan buyon ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo’shilishiga o’z mehnatimiz bilan hissa qo’shmoqdamiz.

Bugungi kunda har bir sohada inson qadri ulug'lanib bormoqda. Aynan ta'limdagi keng ko'lamli islohotlar tobora ortyapti. Yangi O'zbekistonning ozod va obod bayrami yana bir bor muborak bo'lsin. Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz tamoyili hamisha bardavom bo'lsin!

Hurmat bilan Farg'ona politexnika instituti rektori O'.R.Salomov

Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt