Get Mystery Box with random crypto!

Bu yerlardan ketaylik. Ko‘ksimizni siqadigan, qalbni toraytiru | 𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

Bu yerlardan ketaylik.
Ko‘ksimizni siqadigan, qalbni toraytiruvchi la’natni ortda qoldiraylik. Bu yerlarda hatto yomg‘ir ham chiroyli yog‘mayapti..Yomg'iri goʻzal yog'adigan joyga boraylik.
Bu yerlardan ketaylik.
Bu joy bizga oid emas. Bu bema'nilik bilan qanday kurashamiz? Kel, yangi sahifadan boshlashimiz mumkin bo'lgan joyga boraylik.
Bu yerlardan ketaylik.
Dorilaringni o'zing bilan olma.
Men ham kitoblarimni olmayman.
Ular ham bizni biroz aqldan
ozdirmayaptimi?
Havosi-dori, dengizi-kitob boʻlgan joyga boraylik.
Bu yerlardan ketaylik.
Bizni o'rab turgan ma'nosiz savollardan charchadim. Menga boshqa savol berma. Men ham senga hech qanday savol bermayman.
Kel, har xil muammolardan holi bir joyga boraylik.
Bu yerlardan ketaylik. Bu yerning odamlari biroz gʻalati..Ular doim
bizdan nimadir kutadi, doim nimadandir norozi, bu hech qachon tugamaydi, hech qachon bitmaydi.
Insonlarga hisob berishdan soqit yerlarga boraylik.
Bu yerlardan ketaylik.
Mana, yana uxlolmayapman..Sening ham koʻzalaring uyquni qidirmoqda.
Kel, tinch uxlay oladigan joyga boraylik.
Bu yerlardan ketaylik.
Yo sen menga kel, yo men sen tomon boray..
Keyin birga ketaylik.
Kelaqol..

Ummu Asiya.