Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar turar joylariga talabgor talabalar joriy yilning 5 s | Toshkent farmatsevtika instituti | RASMIY KANALI

Talabalar turar joylariga talabgor talabalar joriy yilning 5 sentabr 14:00 dan 1 hafta muddat ichida ikki xil shaklda - elektron va yozma ariza topshiradilar.(1-sonli TTJ uchun)

1. Elektron shakl:
Online Ariza topshirish

2. Yozma shakl:
Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʼlimga topshiriladi.

TTJga quyidagi mezonlarga mos talabalar ariza topshirishlari mumkin:

uzoq hududlardan kelgan 1-bosqich talabalari;

nogironligi bor barcha kurs talabalari;

chin yetimlar (barcha kurslardagi);

"Temir" daftar, "Yoshlar" daftari va "Ayollar" daftarida turuvchi talabalar;

institut Yoshlar ittifoqining yetakchilari va Talabalar kengashi raislari;

TTJ tarbiyachisi tavsiyasiga ko'ra, o'tgan o'quv yilida namunali yashagan, uzoq hududdan kelgan 2-bosqich talabalari (qavat sardori sifatida).

*Talabgorlarga TTJdan joy institut komissiyasi xulosasiga ko'ra ajratiladi.


𝙱𝚒𝚣𝚗𝚒 𝚒𝚓𝚝𝚒𝚖𝚘𝚒𝚢 𝚝𝚊𝚛𝚖𝚘𝚚𝚕𝚊𝚛 𝚘𝚛𝚚𝚊𝚕𝚒 𝚔𝚞𝚣𝚊𝚝𝚒𝚋 𝚋𝚘𝚛𝚒𝚗𝚐

Telegram ►  Facebook ► Instagram ► www.pharmi.uz