Get Mystery Box with random crypto!

​​Men shu qizga bosh egsam Osmon qulab tusharmi? Larzaga kelib | 🍃🌹Farishtamsan🌹🍃

​​Men shu qizga bosh egsam
Osmon qulab tusharmi?
Larzaga kelib olam
Dengiz ko'kni qucharmi?

Barbod bo'lsa orzular
To'xtasa vaqt dastimdan
Men shu qizga bosh egsam
Kulmaysizmi ustimdan?!

Diydasi qattiq dilni
Ming bo'lakka bo'larman.
Men shu qizga bosh egsam,
Balki, baxtli bo'larman?

Farishtalar to'yimga
Yor yor aytib kelarmi.
Men shu qizga bosh egsam
Sevgim qaytib kelarmi?

Chashma qilgum bog'ida
Ko'z yoshimni tindirib,
Men shu qizga bosh egsam
G'ururimni sindirib.

Sababini aytmasam
Yurak, qolma hayrona.
Men shu qizga bosh egsam,
Demak, u - baxtli ona.


@farishtam_san1