Get Mystery Box with random crypto!

ONA. Ona ketdik shahar ko‘rsatay Rasxotidan aslo g‘am yemang | 🍃🌹Farishtamsan🌹🍃

ONA.

Ona ketdik shahar ko‘rsatay
Rasxotidan aslo g‘am yemang
Ona yurish shashlik oberay
Faqat bolam o‘zing ye demang
Olib boray go‘zal joylarga
Ko‘zingizni biroz quvonatay
Yoshligimda ko‘p o‘ynatgansiz
Men ham shunday o‘ynatay
Qo‘ying bugun qozon tovoqni
To‘xtab tursin dunyo ishlari
Bir kun yayrang siz ham iltimos
Unutaylik dard-u g‘amlarni
Estkiribdi usti boshingiz
Yangi ko‘ylak olay demaysiz
Bo‘yingizdan bo‘yim balandda
Qachongacha bizni o‘ylaysiz
Bo‘ling Ona ketdik shaharga
Yangi ko‘ylak olib beraman
O‘g‘il bo‘lib bir yasantiray
Evaziga duo olaman.



@farishtam_san1