Get Mystery Box with random crypto!

AYOL – KIM..? U QANDAY XILQAT..? JAVOB: Ayol – avvalo goʻzal | FARISHTA AYOLLAR MARKAZI🧚‍♀️

AYOL – KIM..?
U QANDAY XILQAT..?
JAVOB: Ayol – avvalo goʻzallik timsoli. Ona. Goʻzal va oqila qiz. Turmush oʻrtoq, opa – singil. Latofatli malika. Nozik, didli, jozibali va maftunkor – timsol..!

AYOL QUVVATI NIMALARGA QODIR..?
JAVOB: Ayol quvvati pozitiv boʻlsa – oilani, turmush oʻrtogʻini gullab – yashnatishga, negativ boʻlsa – barbod qilishga qodir..!

ERKAKNING RIVOJIDA AYOL QANDAY OʻRIN TUTADI, ERKAKNING RIVOJI AYOLGA BOGʻLIQMI..?
JAVOB: Ayol oʻz eridan norozi boʻlsa, nolinsa, undan koʻngli toʻlmasa, norozi ohangda muomala, munosabatda boʻlsa, oiladagi muhit ham xuddi shunday boʻladi. Oilada, oila dasturxonida baraka boʻlmaydi. Hatto hayotidagi har – bir narsalar, jumladan sotib olingan uy jihozlari, oshxona jihozlari, keyim – kechaklar oʻz koʻngillariga yoqmay qoladi.

AYOL NOLINSAchi..?
JAVOB: Ayol nolinsa, yaʼni hayotim barbod boʻldi, “Peshonam qursin, yaxshirogʻiga tegsam boʻlmasmidi” kelib – kelib shunga ham tegamanmi ?- deb afsus cheksa, erkak xiyonat koʻchasini tanlaydi. Chunki, uydagi vaziyatni erkak ongi qabul qilolmaydi.

AYOL OʻZ TURMUSH OʻRTOGʻINI SEVMASAchi..?
JAVOB: Ayol oʻz turmush oʻrtogʻini sevmasa, eriga mehrli boʻlmasa, boʻlolmasa, erkak aroqni seva boshlaydi, narkotikni yaxshi koʻra boshlaydi.

AYOLIDAN HUZUR TOPMAGAN ERKAKchi..?
JAVOB: Ayolidan huzur topmagan erkak, huzurni koʻchadan yoki ichkilikdan izlab topadi. Erkaklar azaldan ovchi qilib yatarilgan. Ovchi ovlamasa ovchi boʻlolmaydi.

DOʻST BOʻLMAGAN AYOL BILAN YASHAYOTGAN ERKAKchi..?
JAVOB: Ayol oʻz oilasida turmush oʻrtogʻiga doʻst boʻlmasa, erkak yosh bolaga oʻxshab, telefon, kompyuter, internet bilan doʻstlashib oladi. Albatta ular bilan maroqli, samimiy suhbatga mukkasidan ketadi.

AYOL TURMUSH OʻRTOGʻIGA YURAGIDAN JOY BERMASAchi..?
JAVOB: Turmush oʻrtogʻiga yuragidan joy bermagan ayolga, turmush oʻrtogʻining choʻntagiga yoʻl yopiladi. Erining pullaridan oʻz ehtiyojlarini qondirolmaydi.

AYOL JUDA ERKIN BOʻLSAchi..?
JAVOB: Ayol judayam erkin boʻlib ketsa, erkak javobgarlikni his qilmaydigan oila boshligʻiga aylanadi.

AYOL HAR NARSAGA XAFA BOʻLAVERSA, XAFAQON BOʻLSAchi..?
JAVOB: Ayol har narsaga koʻp xafa boʻlaversa, erkak gʻazabli boʻlib qoladi.U oʻz gʻazabini koʻrsata boshlaydi. Baqirish va janjallarga sabab boʻladi.

AYOLNING INJIQLIGI NIMAGA SABAB BOʻLADI..?
JAVOB: Ayolning injiqligi oiladan barakani qochiradi.

AYOL SOʻKINSAchi..?
JAVOB: Ayol erkakdek baqirib, urishib, soʻkinib gapirsa, erkak oʻz – oʻzidan ojiz boʻlib qoladi. Ichki bahosi tushib, biror – bir ishni oʻzi hal qilolmaydigan erkakka aylanadi.

OILANING GULLAB –YASHNASHI FAQAT AYOLGA BOGʻLIQMI..?
JAVOB: Oilaning gullab – yashnashi asosan ayolga bogʻliq. Oilani ayol gullatadi.

XOʻSh AYOL QANDAY BOʻLISHI KERAK..?
JAVOB: Ayol quyidagi 4 xilqatga ega boʻlmogʻi lozim:
1. Ayol avvalo oʻz oilasining “QIROLICHA”si boʻlmogʻi kerak.
2. Ayol “QIZALOQ”lik hislatlarini tark etmasligi muhim.
3. Ayol oʻz oilasida “BEKA”ligini his qilishi, unutmasligi kerak.
4. Ayol turmush oʻrtogʻi uchun yagona “MAHBUBA” boʻla olishi juda muhim.

https://t.me/farishta_ayollar_markazi