Get Mystery Box with random crypto!

NEGA AYOL HIYONAT QILADI? Albatta bu maqola 'Nega erkaklar xi | FARISHTA AYOLLAR MARKAZI🧚‍♀️

NEGA AYOL HIYONAT QILADI?

Albatta bu maqola "Nega erkaklar xiyonat qiladilar" maqolasi kabi savol, javob va yechimdan iborat bo'la olmaydi. Chunki o'zbeklarda ayolni xiyonat qilishi bu kamroq uchraydigan va achinarli holatdir. Shunga qaramay, afsuski, "mening oilamda bunday bo'lmaydi" deb hech qaysi erkak aniq ayta olmaydi. Bir ko'rishda farishtadek pok ayolni xiyonat qilgani fosh etilgan hollar yo'q emas.

Demak, ayolni xiyonatga nima undaydi?

Erkakdan farqli o'laroq ayol bir insonni sevsa, unga hech qanday holatda xiyonat qila olmaydi. Masalan, ayrim toifadagi erkaklar mast holatda bo'lsa, temperamenti yuqori darajada bo'lsa yoki boshqa bir necha sabablar tufayli xiyonat qilishi mumkin, lekin ayolda xiyonatga undovchi sabab umuman boshqacha bo'lar ekan.

Ayol turmushga chiqib o'z eri yonida ayolligini his qilib yashashni boshlaydi. Eri uni sog'inadi, eri uni istaydi, erini u qondiradi, eri uni erkalaydi, kerak bo'lsa urshadi, faqat BEFARQ bo'lmaydi! O'zini sevilganini, erkakka kerakligini sezayotgan ayol ayollik baxtidan to'lib yashaydi. Lekin bir oilada yashab, bir yostiqqa bosh qo'yib eri uchun qadrsiz ekanini, yagona emasligini, sevilmasligini va yoqimsizligini sezgan ayol qalbi juda o'ksinadi. Albatta, shu deb u borib xiyonat qilmaydi. Lekin shunday ko'ngli o'ksigan ayolga boshqa bir erkakni nazari tushsa, hammasi o'sha begona erkakning harakatiga bog'liq bo'lib qoladi. Ya'ni agar u ayolni ko'nglini ola bilsa, u ayol jismonan bo'lmasada xayolan uniki bo'lishi oson bo'ladi. Keyinchalik jismoniy xiyonat bo'lishi ham mumkin.

Uyda erning befarqligidan ayol qiynaladi. Er xotini bilan gaplshishni xush ko'rmay, xotinining tashqi ko'rinishini yoqtirmay, tunda uni istamay, kundalik hayotda ayolining ishlariga befarq bo'lib yurishi ayol uchun juda katta qiyinchilik, chunki aynan eriga kerakligi, yoqishi va sevilishi bilan u o'z ayolligini his etadi. Albatta, farzand ko'rish ham ayollik hisini beradi, lekin bu ko'proq ona fazilati, erkakka yoqimli bo'lish esa bu ayol fazilati. 
Yillab ana shunday hissiyotsiz erining befarqligiga chidab kelayotgan ayolda ikki yo'l bo'ladi. Birinchi yo'l: chidab, ahamiyat bermay yashash. Bu holat ko'pchilik o'zbek ayollariga xos. Lekin bunday er-xotin qarigan chog'ida juda janjalkash, bir-biriga alamli bo'lib qoladi. Ikkinchi yo'l: ayol jahldor, alamli bo'lib qoladi va alamini boshqalardan olib yuradi. Lekin hayotda uchinchi yo'l ham paydo bo'lib qolishi mumkin. Bunda bu ayol boshqa erkakka yoqib qolsa va u erkak ayol tomon harakat qilib, uni e'tibor va shirin so'z, moddiy va ma'naviy vositalar bilan jalb qilsa, u holda xiyonat yo'lining boshi ko'ringan bo'ladi.

Albatta, er xotiniga har kuni, har daqiqa sevgisini, e'tiborini, istagini ko'rsatib o'tirish imkoniyati yo'q. Charchashi bor, ishdagi muammolari bor, farzand va boshqa holatlar. Lekin hayot davomida xotinini sog'inganini, uni istayotganini, sevishini bildirib unga mehrini ko'rsata olsa, xotini albatta buni sezadi, va hech qachon ichida ham uni befarqlikda ayblamaydi.


@Farishta_ayollar_markazi