Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqillikning 31 yilligi bayrami arafasida Xalq deputatlari | Farg‘onа ma'naviy hayoti

Mustaqillikning 31 yilligi bayrami arafasida Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Qosimov Azizbek tashabbusi bilan Quvasoy shahar hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamkorlikda shahardagi A.Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 20 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to‘yi o‘tkazib berdi.

      Davlatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami tantanalari arafasida bugun Quvasoy shahridagi “Do‘slik” tantanalar majmuida shahardagi 20 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan, daftarlarga kiritilgan oilalarning farzandlari, asosan maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.

      To‘y bolalarga yangi sarpolar kiydirilib, har biriga velosiped va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

      O‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar to‘yga yig‘ilgan mahalla ahli, ota-onalarga bayram kayfiyatini ulashdi.

@fargonamanaviyhayoti