Get Mystery Box with random crypto!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo | Farg‘onа ma'naviy hayoti

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo’linmasi tomonidan tuman madaniyat markazida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Davlat mustaqilligining 31 yilligi” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilar boshchiligida hamda iste’dodli va ijodkor yoshlarlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar ijro qilindi, vatanga muhabbatni ifoda etgan she’rlar yosh shoira qizlar tomonidan aytildi, iste’dodli raqqosa qizlar va yigitlar tomonidan milliy raqslar ijro etildi. Tadbir bayramona, yuqori ijobiy kayfiyatda o’tkazildi.

Tadbir davomida Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, tuman Axborot-kutubxona markazi va 3-RenessansUz kanali hamkorligida tashkil etilgan “Sevimli kitob” nomli kitobxonlik tanlovi g’oliblari va faol ishtirokchilari taqdirlandilar. G'oliblarga diplom, kitoblar va pul mukofotlari topshirildi.

@fargonamanaviyhayoti