Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘qonda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovr | Fargonaliklar | Yangiliklari

Qo‘qonda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha 2005-2006-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati start oldi.

Musobaqa Farg‘ona viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Muqimiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadigan mazkur chempionatda yurtimiz vakillaridan tashqari Rossiya, Belarus, Moldova, Gruziya, Ozarbоyjon, Ruminiya, Isroil, Hindiston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan qariyb 300 nafar sportchi ishtirok etmoqda. O‘smirlar 11 ta vazn toifasida bellashsa, qizlar 7 ta vaznda g‘oliblik uchun bahsga kirishishdi.

ФАРҒОНАЛИКЛАРГА КОШИЛИНГ
https://t.me/+84g2FcvAWD40YWYy