Get Mystery Box with random crypto!

Qaniydi odamzot qo'lidan kelsa, Abadiy etolsa sening umringni, | Farg'onada ish bor

Qaniydi odamzot qo'lidan kelsa,
Abadiy etolsa sening umringni,
Rozi edim onajon iloji bo'lsa,
Senga qo'shib bersa mening umrimni.

Bir kechalik allang xurmati uchun,
Yuz yillik umrimni bag'ishlasam kam.
Ko'chirsam qalbingga qalbimning kuchin,
Qarzlarim uzilmasdan qolur shunda ham.

Mabodo bo'lsaydim zo'r haykaltarosh,
Senga yuragimdan yasardim haykal.
Yo agar bo'lsaydim mo'yqalam, naqqosh,
Surating chizardim, berib ming sayqal.

Oralab qolibdi sochlaringga oq,
Ol mening sochlarim qoralarini.
Tishlaring tushibdi xo'rsinma biroq,
Ol mening tishlarim saralarini.

Xiralashib qolmish ko'zlaringda nur,
Ko'zlarim nurini olgin onajon.
Roziman xizmating qilsam bir umr,
Yuragim qo'rini olgin onajon.

Qabul et onajon yurak so'zimni,
Senga bag'ishladim bugun azizam.
Yo'q-yo'q so'zim emas balki o'zimni,
Senga bag'ishladim ey nuri diydam.

@Fargonadaishbor1 biz sizga eng saralarini ilinamiz chunki siz bizning kanaldasiz.