Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika 'Barkamol avlod' | Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi || RASMIY

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Ta'til-barkamol bilan" tanlov va musobaqalar oyligi doirasida “Yangi O'zbekiston yulduzlari” shiori ostidagi respublika hisobot konsert dasturi o'tkazildi.

Hisobot konsert dasturida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar ''Barkamol avlod'' bolalar maktabining ''Marg‘ilon zarb doirachilari'' guruhi jamoasi oʻz mahoratlarini namoyish etib, ''Konsertning faol jamoasi'' sertifikatini qo‘lga kiritdilar.

Farg`ona viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati